• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot

    Byudjetdan pensiya va nafaqalar uchun qancha mablag‘ ajratilmoqda? Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobot berdi

    Joriy yil I choragida davlat byudjetidan Pensiya jamg‘armasiga 3,3 trillion so‘m, kam taʼminlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordam uchun 4,3 trillion so‘m ajratildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlumot berdi.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    2024-yil yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi, moddiy yordam va kompensatsiya to‘lovlari uchun davlat byudjetidan 4,3 trillion so‘m ajratildi. Bunda ijtimoiy nafaqa oluvchi oilalar o‘rtacha soni 1 million 736 mingtani tashkil etdi. Shundan 1 million 677 mingtasi bolalar nafaqasi, 58,9 mingtasi moddiy yordam olgan.

    Nafaqa to‘lovlari uchun jami 2 trillion 463 milliard so‘m yo‘naltirilgan. Shundan 2,4 trillion so‘mi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi, 67,5 milliard so‘mi moddiy yordam to‘lovlari uchun ajratilgan. Birinchi chorakda ijtimoiy nafaqa oluvchi oilalar soni jami oilalarga nisbatan 17,8 foizni tashkil etgan.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    Uch oy davomida eng ko‘p bolalar nafaqasi va moddiy yordam olgan kam taʼminlangan oilalar Samarqand viloyati aholisi hissasiga to‘g‘ri kelgan — 311,2 milliard so‘m (2023-yil 1 chorakda 382,1 milliard so‘m bo‘lgan). Eng kami nafaqa va moddiy yordam berilgan oilalar Toshkent shahrida — 43,2 milliard so‘m (2023-yil I chorakda 52,7 milliard so‘m).

    Joriy yilning dastlabki uch oyida nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxslarga 25 937 dona reabilitatsiya qilishning texnik vositalari uchun 10,1 milliard so‘m to‘lab berildi. Shu bilan birga, 27 nafar uy-joyga muhtoj deb topilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlashga 4,2 milliard so‘m ajratildi.

    Shu bilan birga:

    • Mehnatga layoqatsiz va zarur ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarga hamda nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan onalar nafaqalariga—1,12 trillion so‘m;
    • Nogironligi bo‘lgan bolalarga nafaqalariga—410,3 milliard so‘m;
    • Bola tug‘ilishi uchun beriladigan nafaqalarga (suyunchi puli) — 152,2 milliard so‘m;
    • Dafn marosimi xarajatlarini qoplash uchun— 59,6 milliard so‘m mablag‘lar ajratilgan.
    “2024-yilning yanvar–mart oylarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlovchi 3 649 nafar ayollarga Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lab berilib, korxonalarning 8,6 milliard so‘mlik mablag‘lari o‘z ixtiyorida qoldirildi”, — deyiladi vazirlik hisobotida.

    Birinchi chorakda davlat byudjetidan Pensiya jamg‘armasiga 3,3 trillion so‘m o‘tkazib berildi. 

    Jadval: Pensiya jamg‘armasi

    Ma’lumot uchun, 2023-yilda fuqarolarning barcha turdagi pensiyalari uchun 53,6 trillion so‘m yo‘naltirilgan. Taqqoslash uchun, 2022-yildagi jami ko‘rsatkich 44,9 trillion so‘mni tashkil etgan. Hozirda mamlakatda pensiya oluvchilar soni 4 million nafarga yaqinlashgan. 

    Budjet qonunchiligiga ko‘ra, 2024-yilda Pensiya jamg‘armasiga 16 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi (2023-yildagi miqdor 15 trillion so‘m). Prognoz qilinishicha, 2025-yilda jamg‘armaga 19 trillion so‘m, 2026-yilda esa 23 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.

    Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023-yil uchun “Fuqarolar uchun byudjet” nashrini ham eʼlon qildi. Unga ko‘ra, o‘tgan yilda ijtimoiy himoya uchun amalga oshirilgan xarajatlar midqori 19,2 trillion so‘mni tashkil etgan. Shundan nafaqalar uchun 12,3 trillion so‘m ajratilgan.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    O‘tgan yili ham nafaqa va moddiy yordam mablag‘lari olgan oilalar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilgan. Viloyatda yil davomida 271,8 ming oila bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullari olgan. Moddiy yordam pullarini eng kam olgan oilalar Toshkent shahrida qayd etilgan. O‘tgan yilda poytaxtda 32,2 ming oila bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullari olgan.

    Avvalroq 2024-yil yanvardan O‘zbekistonda bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar soni keskin qisqara boshlagani maʼlum bo‘lgandi. Xususan, yanvarda 1,94 million, fevralda 1,72 million, mart oyida 1,53 millionta oilaga bolalar nafaqasi va moddiy yordam berilgan. Aprelga kelib, 1,34 millionta oila jami 645,5 milliard so‘m bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullari olgan. Joriy yil boshidan beri 602,4 mingta oilaga yordam bunday mablag‘lar ajratish to‘xtatilgan.

    Eslatib o‘tamiz, joriy yilda davlat byudjetining ish haqi, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar uchun xarajatlar miqdori o‘tgan yildagidan 26,6 trillion so‘m ( 2023-yildagi ko‘rsatkich 150,5 trillion so‘m) ko‘p bo‘lishi rejalashtirilgan.

    30.05.2024, 19:11   Izoh (0)   29031
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yangi tayinlangan pensiyalar bo‘yicha maʼlumot berildi

    12.05.2024, 08:20

    O‘zbekistonda bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchilar soni keskin kamaydi

    23.05.2024, 15:21

    O‘zbekistonda nafaqa turlari: kimlarga, qanchadan moddiy yordam berilishi mumkin?

    28.05.2024, 12:15

    Shavkat Mirziyoyev Misr Senati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    30.05.2024, 18:41

    Tashkilotlar, hududlar va ko‘chmas mulk obyektlari kesimida energiya isteʼmoli reytingi joriy etiladi

    30.05.2024, 18:30

    “Mendan qo‘rqasanmi?” — sobiq MXX binosi hududidagi daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazayotgan firma rahbari fotografning boshiga ichimlik to‘kdi

    30.05.2024, 18:14
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.