• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12917.1
    • RUB160.14
    • EUR14460.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda ustiga daraxt qulagan Gentra zararini kim qoplaydi?

    Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Gentra avtomobili ustiga daraxt qulab tushgani, jarohat olganlar yo‘qligi, holat bartaraf etilgani xabar qilingandi. Shundan so‘ng nafaqat mulk egasi, ko‘pchilikda avtomobil zararini kim qoplaydi, degan savol tug‘ildi. “Daryo” bunga aniqlik kiritdi. 

    “O‘zagrosug‘urta” AJ Boshqaruvi Sug‘urta davolari departamenti direktori o‘rinbosari Muzaffar Ibragimovning “Daryo”ga bildirishicha, bu holatda haydovchi o‘z avtomobilini ixtiyoriy sug‘urta qildirgan bo‘lsa, bu uning zararni qoplatishdagi ustunligi hisoblanadi. 

    Foto: Telegram
    Bunday holatda zarar yetgan avtomobilning sug‘urta qilingan holatiga aniqlik kiritish lozim bo‘ladi. Odatda avtomobillar ikki xil holatda: majburiy va ixtiyoriy tarzda sug‘urtalanadi. Agar avtomobil majburiy sug‘urta qilingan bo‘lsa, aniqrog‘i, faqat YPX xodimi talab qiluvchi 40 ming so‘mdan 168 ming so‘mgacha (Toshkent shahri va boshqa hududlar uchun) bo‘lgan miqdordagi sug‘urta polisiga ega bo‘lsa, zararlangan avtomobil egasining mulkiga yetkazilgan zarar qoplanmaydi. Avtomobil ixtiyoriy sug‘urtalangan bo‘lsa, deylik, kreditga olingan avtomobil yoki garovga qo‘yilgan mashina bo‘lsa yoki haydovchi o‘z ixtiyori bilan mulkini sug‘urtalab qo‘ygan bo‘lsa, shartnomada ko‘rsatilgan talabga qarab daraxt bosib qolgan avtomobillarning zarari to‘liq miqdorda yuz foiz to‘lab beriladi, — deydi “O‘zagrosug‘urta” AJ boshqaruvi Sug‘urta da’volari departamenti direktori o‘rinbosari Muzaffar Ibragimov.
    Foto: Telegram

    Mas’ulning tushuntirishicha, agar sug‘urta kompaniyasi, deylik, 14-mart kuni daraxt bosib qolgan Gentra avtomobili ixtiyoriy sug‘urtalangan bo‘lsa va mashina tiklab bo‘lmaydigan holatga keldi, degan xulosa bo‘lsa, tuzilgan shartnoma bandlariga ko‘ra avtomobil bozor narxining 85 foizidan 100 foizgacha bo‘lgan narxini to‘lab beradi. 

    Foto: Telegram
    Foto: Telegram
    “Sug‘urta kompaniyasi va mulkini ixtiyoriy sug‘urtalovchi shaxs o‘rtasida tuzilgan shartnomada barcha shartlar belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Shartnomada majaqlangan avtomobil tiklab bo‘lmaydigan darajaga kelib qolganda va mulk egasi mazkur transport vositasidan voz kechsa, uning zarari sug‘urta kompaniyasi tomonidan to‘liq to‘lab berilishi hamda zarar yetgan mashina sug‘urta kompaniyasi ixtiyoriga o‘tishini nazarda tutgan band sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilishi mumkin”, — deydi kompaniya vakili. 
    Foto: Telegram
    Foto: Telegram

    Majburiy sug‘urtalangan avtomobilning 40 million so‘mgacha bo‘lgan sug‘urta puli sug‘urtalangan avtomobildan zarar ko‘rgan jabrlanuvchilarga to‘lab beriladi. 

    “Ustiga daraxt qulab tushishi oqibatida majaqlangan Gentra’da ixtiyoriy sug‘urta bo‘lmay, majburiy sug‘urtagina bo‘lsa, mashinasi zararini sug‘urta kompaniyasi qoplash majburiyatini olmaydi, balki mulk egasining jabrlanuvchiga yetkazgan zararini sug‘urta kompaniyasi orqali to‘lab beradi. Bunda umumiy summa 40 million so‘m bo‘lib, shu pulning 35 foizi, ya’ni 14 million so‘mgacha bo‘lgan qismi jabrlanuvchi tomonning mulkiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, qolgan 65 foizi — 26 million so‘mi jabrlangan shaxsning hayoti-sog‘lig‘ini tiklash uchun to‘lab beriladi”, — deydi mutaxassis.
    Foto: Telegram
    Foto: Telegram

    Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bosh mutaxassisi Murod Nurmatovning “Daryo”ga qo‘shimcha qilishicha, jamoat joylaridagi, katta ko‘cha yuzidagi ko‘p yillik daraxtlarning bexosdan qulab tushishining oldini olish maqsadida vazirlik hamda joylardagi Obodonlashtirish boshqarmalari hamkorligida o‘rganishlar olib boriladi.  

    Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining kuzatuvlaridan kelib chiqib, xavfli ko‘rinishga ega bo‘lgan, qulab tushish xavfi yuqori bo‘lgan daraxtlar haqida vazirlik va uning joylardagi boshqarmalariga xabar beriladi hamda vaziyat nazoratga olinadi. Biroq haddan tashqari ko‘p yomg‘ir yog‘ib, yerning bo‘shashib qolishi yoki qalin qor yog‘ishi oqibatida daraxtning qulab tushishi bilan bog‘liq holatlarni oldindan bilib bo‘lmaydi. Sog‘lom daraxt ham kuchli shamol yoki ko‘p qor yog‘ishi oqibatida qulab tushishi mumkin. Bunga kafolat yo‘q. Shu sabab ham kuchli shamol kuzatiladigan bo‘lsa, joylardagi hokimliklar haydovchilarni ogohlantirib, avtomobillarini daraxtlar ostida qoldirmaslikni tavsiya qilib boradi, — deydi Murod Nurmatov.

    Toshkentda daraxt ostida qolib, majaqlangan avtomobilning aynan qaysi sug‘urta kompaniyasida sug‘urtalangani tahririyatga noma’lum. “O‘zagrosug‘urta” vakillarining savolga javob berishi tahririyatning aynan shu kompaniya vakillarini tanlashi bilan bog‘liq. Avtomobil shu kompaniya tomonidan sug‘urtalangan ekan, degan xulosaga kelish noto‘g‘ri.

    14.03.2024, 18:36   Izoh (0)   62178
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #sug‘urta#avtomobil#Gentra#pul

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent markazida kuchli shamol oqibatida Malibu ustiga daraxt quladi. Haydovchi qiz jarohat olgani aytilmoqda

    20.05.2021, 20:16

    Toshkentda 3 ta avtomobil ustiga daraxt quladi

    12.03.2022, 23:58

    Farg‘onada 3 ta avtomobil ustiga daraxt quladi

    03.06.2022, 20:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda 18 yoshgacha bo‘lganlar mehnat qilishi mumkin bo‘lgan yengil turdagi ishlar va kasblar ro‘yxati tuzildi

    O‘zbekiston | 19 may, 09:25

    Ferdinand: “Men bu bolaning o‘yinlarini stadiondan kuzatdim, bu — fantastika”

    Sport | 19 may, 09:17

    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi

    Reklama | 19 may, 09:00

    Ularning miyasi boshqacha ishlaydi: millionlab kishilarning sevimlisiga aylangan 6 mashhur shaxs

    Layfstayl | 19 may, 08:55

    Jo Baydenda saraton aniqlandi

    Dunyo | 19 may, 08:30

    A Seriya. “Roma” “Milan”ni ishonchli hisobda yengdi. Shomurodov 84-daqiqa o‘ynadi(video)

    Sport | 19 may, 07:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.