Qashqadaryoda qo‘ylar podasini avtomobil urib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat YHXB matbuot xizmati holat noyabr oyida sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
17-noyabr kuni soat 05:00 larda Surxondaryo viloyatida yashovchi fuqaro A.S. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu rusumli transport vositasi bilan Ko‘kdala tumani hududidan o‘tuvchi A-378 G‘uzor—Samarqand avtomobil yo‘lining 105-kilometrida boshqarib ketayotib, G‘uzor tumanida yashovchi Sh.T. hamda Q.Q.ning 95 bosh mayda shoxli mollarini urib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Ko‘kdala tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shu kabi holat oktyabrda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida ham sodir bo‘lgandi. Spark avtomobili yo‘lning qatnov qismida bo‘lgan qo‘ylar podasini urib yuborgan. Haydovchi transport vositasini to‘xtatib, tushganidan so‘ng avtomobilda yong‘in kelib chiqqan.
Izoh (0)