• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Qashqadaryo

    Qashqadaryo sudlarida ish yakuniy bosqichiga yetgach, tarkib to‘satdan o‘zgartirildi. Bu tashqi aralashuvlar bilan bog‘liqmi?

    Qashqadaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati taftish instansiyasida kutilmagan holat ro‘y berdi. Javobgar “Samandar nur” fermer xo‘jaligining da’vogar “Agrobank” ATBga nisbatan iqtisodiy ish bo‘yicha Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 2-avgustdagi hamda Qashqadaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 2024-yil 15-avgustdagi qarorlarining bekor qilinishi so‘rab yozilgan taftish shikoyatini ko‘rib chiqayotgan sudlov hay’ati tarkibida muzokara bosqichida o‘zgarish bo‘ldi. Raislik etuvchi to‘satdan ta’tilga chiqib, o‘rnini boshqa sudya egalladi. Bu haqda sudda qatnashgan “Daryo” muxbiri xabar berdi. 

    2024-yilning 1-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sud majlisida sudlov hay’atiga raislik etuvchi Astanov o‘rnini sudya Bozorovning egallashi fermer tomonidan sudyani rad etishga sabab bo‘ldi. Biroq yangilangan sudlov hay’ati “otvod”ni rad etdi. Shundan so‘ng fermer ishni boshqa sudga o‘tkazishni so‘rab 2024-yil 4-noyabrda Oliy sudga ariza yozdi.

    Iqtisodiy protsessual kodeksning 324-3-moddasiga asosan taftish tartibidagi shikoyat Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni ish yurituvga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqilishi alohida hollarda shikoyatni ko‘rib chiqish muddati ishni ko‘rayotgan sudlov hay’ati tomonidan ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkinligi belgilangan.
    Taftish tartibidagi shikoyatni ish yurituvga qabul qilish to‘g‘risida ajrim 2024-yil 4-sentyabrda chiqarilgan bo‘lib, uzaytirilish bilan bog‘liq qo‘shimcha bir oylik muddat ham o‘tib ketdi. Biroq Qashqadaryo viloyati sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan asossiz ravishda ishni ko‘rib yakuniy qaror chiqarish kechiktirib kelinmoqda.
    Bugungi kunda qo‘shimcha uzaytirish bilan ham muddatning to‘liq o‘tib ketgani ish bo‘yicha protsessual muddatlar va harakatlar to‘liq ravishda buzilganini ko‘rsatadi. Ikkinchidan, 2024-yil 1-noyabrdagi sud majlisida ish mazmunan ko‘rib chiqilishi belgilangani hamda sud majlisida muzokara qilish vaqti kelgan paytda sud tarkibida o‘zgarish bo‘lgani aytildi. Shuningdek, sud tarkibida o‘zgargan sudya Bozorov (raislik qiluvchi) avvaldan mening mazkur ish bilan chambarchas bog‘liq da’vo predmetlarimni rad qilgani uchun uning xolisligiga menda shubha tug‘ilmoqda.
    Shu sababli Iqtisodiy protsessual kodeksning 20-moddasiga asosan mazkur sudyani rad qilishni so‘rab bergan iltimosnomam sudlov hay’ati tomonidan yangi tarkibni shakllantirish imkoni yo‘qligi sababli rad etildi, deydi fermer. 

    Tadbirkor-fermerning eslashicha, avvalroq sudya Bozorov raisligidagi Qashqadaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati taftish instansiyasi qarori bilan “Samandar nur” fermer xo‘jaligining zararni undirish bo‘yicha javobgar MIB Nishon tuman bo‘limidan undirilishi belgilangan 355 million so‘m miqdordagi Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan qanoatlantirilgan qarori asossiz ravishda bekor qilingan. Mazkur apellyatsiya instansiyasi qarori 2024-yil 1-avgust kuni Samarqand viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati taftish instansiyasi tomonidan to‘liq bekor qilinib, “Samandar nur” fermer xo‘jaligi foydasiga qaror qabul qilingan. 

    Mazkur holatni sudya Bozorov tomonidan ushbu iqtisodiy ishni ko‘rishda uning xolisligiga to‘liq shubha tug‘diruvchi holat sifatida baholayman hamda ishni har taraflama adolatli ko‘rishiga to‘liq ishonchim yo‘q, deydi fermer.
    06.11.2024, 14:33   Izoh (0)   11609
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #sud#sudya#fermer#Qashqadaryo#qamoq#murojaat

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ochildi (video)

    Dunyo | 6 iyun, 23:00

    Qozog‘iston harbiylarini Buyuk Britaniyada o‘qitadi

    Dunyo | 6 iyun, 22:00

    Superliga. Qoldirilgan bahsda “Xorazm” “Qizilqum”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 6 iyun, 21:10

    Rossiyada IELTS topshirganlar qamalishi mumkin

    Dunyo | 6 iyun, 21:00

    Shavkat Mirziyoyevni Qurbon hayiti bilan kimlar tabrikladi?

    O‘zbekiston | 6 iyun, 19:57

    Ukraina “O‘rgimchak to‘ri”ga o‘xshash yangi operatsiyalarga tayyorlanmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 6 iyun, 19:30

    Germaniya yuzlab migrantlarni mamlakatga kiritmadi

    Dunyo | 6 iyun, 18:50

    Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi (foto)

    O‘zbekiston | 6 iyun, 17:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.