Toshkent viloyatining Bekobod tumani, Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Oqdaryo tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahrida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
Bekobod tumanida joylashgan “S.D.” MCHJ rahbari A.G. “G.F.” xususiy bog‘cha binosida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz va elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan. Natijada jami 1 mlrd 83 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanib kelgan.
Shuningdek, Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Oqdaryo tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahrida “A.S.”, “O.O.” fermer xo‘jaligi masʼul shaxslari va boshqalar elektr taʼminoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan suv nasoslari va elektr jihozlarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulagan.
Oqibatda jami 439,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)