• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Tarqoqligimiz bizni zaiflashtirardi” — Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyodagi bir necha yillar avvalgi vaziyat haqida

    2024-yil avgustida bo‘lib o‘tgan Ostona sammiti mintaqa Markaziy Osiyo beshligi doirasida har tomonlama kooperatsiyani kengaytirishga bo‘lgan intilishini namoyish etdi. Bu haqda prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov “O‘zbekiston tashqi siyosatida Yangi Markaziy Osiyo” nomli maqolasida qayd etdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Maqolada aytilishicha, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi Maslahat uchrashuvi mintaqadagi barcha mamlakatlarning so‘nggi olti yildagi navbatma-navbat raisligi yakunlarini ramziy tarzda sarhisob qildi va ushbu noyob formatdagi davlatlararo hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berdi.

    Abdulaziz Komilov 2018-yilda Ostonada o‘tkazilgan birinchi uchrashuvdan buyon o‘tgan davrda Markaziy Osiyo mamlakatlari ancha katta yo‘lni bosib o‘tganini ta’kidlab, bu haqda gapirganda, Markaziy Osiyoning zamonaviy qiyofasini o‘zgartirib, mintaqani tinchlik va hamjihatlik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va hamkorlik makoniga aylantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarning barcha asosiy bosqichlarini eslashni o‘rinli deb topdi.

    “Bundan bor-yo‘g‘i yetti yil oldin chegaralarimiz deyarli to‘liq yopilgan edi. Biz chegara hududlaridagi mojarolar va minalangan dalalarga, transportblokadalariga, savdo sohasida baland to‘siqlar o‘rnatilganiga guvoh edik.

    Suv resurslaridan, yaylovlar va suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish masalalari bo‘yicha tinimsiz tortishuvlarning ochiq qarama-qarshilikka aylanib ketish xavfi bor edi”, deydi Prezidentning maxsus vakili.

    Uning bildirishicha, mintaqadagi ba’zi kuchlar ishonchsizlik ruhini avj oldirish va umumiy tarixiy merosdan o‘z manfaatlari uchun foydalanish orqali muxoliflik va raqobatni keltirib chiqarardi.

    “Tarqoqligimiz bizni zaiflashtirar, birlashish istiqbollaridan mahrum etar, mintaqa salohiyatini mushtarak manfaatlar yo‘lida ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qilar edi”, deydi Abdulaziz Komilov.

    Uning ta’kidlashicha, bularning barchasi asrlar davomida yonma-yon tinch-totuv yashab kelgan, bir dinga e’tiqod qilgan, umumiy urf-odat va an’analarga ega bo‘lgan, minglab ko‘rinmas rishtalar bilan bog‘langan Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy-sivilizatsiyaviy qadriyatlariga mutlaqo zid edi. Qolaversa, global ishonch inqirozining chuqurlashuvi va qurolli mojarolarning keskinlashuvi mintaqaning barqarorligi va izchil rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi.

    Shu munosabat bilan Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari va xalqlari kabi O‘zbekistonning ham farovonligi hamkorlikni mustahkamlash borasidagi umumiy sa’y-harakatlarga, mintaqada xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash manfaatlarini birgalikda ilgari surishga tayyorligiga bog‘liq, degan tushuncha tobora mustahkamlandi.

    14.08.2024, 12:20   Izoh (0)   4006
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy ID-kartalarini o‘zaro tan olish taklifini ilgari surdi

    09.08.2024, 14:46

    “Biz sanksiyalar siyosatining asiriga aylandik” — Shavkat Mirziyoyev

    09.08.2024, 15:22

    Markaziy Osiyo yagona harbiy ittifoq tuza oladimi?

    12.08.2024, 19:00

    “O‘zbekiston obyektiv ravishda Markaziy Osiyoning kelajagi uchun alohida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan” — Abdulaziz Komilov

    14.08.2024, 10:03

    O‘zbekistonda bir guruh tadbirkorlar orden va medallar bilan mukofotlandi

    14.08.2024, 11:25

    O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

    14.08.2024, 10:51
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ichki ishlardan pensiyaga chiqqanlar pul evaziga huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:05

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    Dunyo | 27 iyul, 09:25

    Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 08:55

    AQSH Ukraina dronlarini sotib olish uchun 30 mlrd dollarlik shartnoma tuzishi mumkin

    Dunyo | 27 iyul, 08:31

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.