• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Toshshahartransxizmat”ning 7,5 yilga qamalgan sobiq rahbari nega ozodlikka chiqqani ma’lum bo‘ldi

    “Toshshahartransxizmat”ning 7,5 yilga qamalgan sobiq rahbari Anvar Jo‘rayev ozodlikka chiqqani haqida xabar berilgandi. Oliy sud holat yuzasidan bayonot berdi. 

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Unda aytilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining 2025-yil 3-fevraldagi hukmiga ko‘ra Anvar Jo‘rayev va “Toshshahartransxizmat” AJ hamda AJ tasarrufidagi avtobus saroylarining 20 nafar xodimi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

    Dastlabki tergov jarayonida 21 nafar sudlanuvchidan 10 nafariga “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Sud tomonidan 6 ta sudlanuvchiga nisbatan (A. Jo‘rayevga 7 yil 6 oy muddatga) ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    Xususan, 6 nafar sudlanuvchi qamoqdan ozod qilinib, ochiqda bo‘lgan 2 nafar sudlanuvchiga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, sud zalidan qamoqqa olingan.

    Sud hukmi bilan sudlanuvchi Anvar Jo‘rayev va boshqalardan 2 mlrd 475 mln 687 ming 526 so‘m undirilishi belgilangan hamda sudlanuvchilarga tegishli 2 ta uy-joy yetkazilgan moddiy zararni qoplashga qaratilgan va zarardan ortgan pul mablag‘lari davlat foydasiga o‘tkazilishi belgilangan.

    Anvar Jo‘rayev va 10 nafar sudlanuvchi tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyatlari va prokuror keltirgan protest asosida ushbu jinoyat Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasida ko‘rilgan bo‘lib, sud jarayoni davomida sudlanuvchilar tomonidan yetkazilgan zarar to‘liq qoplangan.

    Ta’kidlanishicha, Jinoyat kodeksining 167-moddasi 4-qismida yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmasligi belgilangan.

    Shu bois, apellyatsiya sudining 2025-yil 5-iyundagi ajrimi bilan asosiy jinoyat bo‘yicha yetkazilgan zarar qoplangani sababli sudlanuvchilarga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanib, depozit hisob raqamiga to‘langan pullar davlat foydasiga o‘tkazilishi belgilangan.

    Bundan tashqari, jinoiy yo‘l bilan topilgan mablag‘larga olingan va zararni qoplashga qaratilgan 2 ta uy-joy davlat foydasiga musodara qilindi.

    Endilikda ushbu ajrimdan norozi taraflar Jinoyat–protsessual kodeksining 510-moddasi (taftish tartibida qayta ko‘rilishi mumkin bo‘lgan sud hukmlari, ajrimlari) talablariga muvofiq Toshkent shahar sudiga taftish tartibida shikoyat berishga yoki protest bildirishga haqliligi ma’lum qilindi.

    Anvar Jo‘rayev 2017-yil may oyidan buyon “Toshshahartransxizmat” boshqaruv raisi lavozimida ishlab kelgandi. 2024-yilning fevralida u bir necha shaxs bilan o‘zaro til biriktirib, avtobus saroylaridagi ehtiyot qismlar, yoqilg‘i mahsulotlarini talon-toroj qilish yo‘li bilan davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda iqtisodiy zarar yetkazishda gumonlanib qamoqqa olingandi.

    2025-yil 3-fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudida Anvar Jo‘rayev va yana 20 kishiga nisbatan sud hukmi o‘qilgandi. Ushbu hukm bilan Anvar Jo‘rayev 3 yil “Toshshahartransxizmat” tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik bor lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingandi. U sudda bergan ko‘rsatmasida qo‘yilgan ayblovlarga umuman iqror bo‘lmagan, talon-toroj qilingan ehtiyot qismlari holatlaridan tergovda xabar topganini aytgan. Shundan so‘ng appelyatsiya shikoyati berilgandi. 

    30 iyul, 14:41   Izoh (0)   1774
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.