• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda markirovkalash nazorati kuchaytiriladi

    Hukumatning “Majburiy raqamli markirovkalash lozim bo‘lgan tovarlarning chakana savdosini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

    Foto: Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

    Unga ko‘ra, 2024-yil 1-sentyabrga qadar alkogol, tamaki va pivo mahsulotlari, maishiy texnika va dori vositalari chakana savdosi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlarining “Asl belgisi” milliy axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tgani hamda raqamli markirovkalash talablariga rioya etilayotgani nazoratga olinadi.

    Raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan tovarlarning chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini to‘xtatmoqchi bo‘lganda, tuman (shahar) soliq inspeksiyasini bir oy oldin xabardor qilish tartibi joriy etiladi.

    Bunda soliq inspektori uch ish kunida chakana savdo huquqi uchun yig‘imlarning to‘liq to‘langani hamda alkogol, tamaki va pivo mahsulotlarining ombordagi qoldiqlarini xatlovdan o‘tkazadi.

    Soliq qo‘mitasi 2026-yil 1-avgustga qadar qalbaki raqamli markirovkalangan va/yoki kontrafakt mahsulotlarni import qiluvchi, ishlab chiqaruvchi hamda ulgurji va chakana realizatsiya qiluvchi subyektlarga nisbatan mazkur mahsulotlarni musodara qilgan holda, jinoiy javobgarlikka tortish normalarini belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozim.

    Qo‘mitaning belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida 7 ta shtat birligidan iborat alohida tuzilma tashkil etiladi hamda raqamli markirovkalash qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, yashirin ishlab chiqarish faoliyati va qalbaki tovarlar tarqalishiga qarshi kurashish orqali soliq tushumlarini to‘liq ta’minlash mazkur tuzilmaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilanadi.

    2024-yil 1-noyabrga qadar raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarning ulgurji savdosini faqat naqd pulsiz shaklda sotish talabini belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi, 2024-yil 1-dekabrgacha esa “Savdo to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi lozim.

    Qarorda belgilanishicha, Raqobat qo‘mitasi onlayn nazorat-kassa mashinasi va virtual kassaga ulangan shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalarning narxlari sun’iy ravishda oshib ketishining oldini oladi.

    Marketpleyslar uchun markirovka qoidalarini buzganlik uchun jazo choralarini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

    Iyunda imzolangan prezident qaroriga ko‘ra, majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni markirovkalash uchun zarur bo‘lgan va import qilinadigan uskunalar 2024-yil 1-iyundan 2027-yil 1-iyungacha bojxona bojidan ozod qilindi.

    2024-yil 1-sentyabrdan pivo mahsulotlarining chakana savdosi faoliyati vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritiladi. Tamaki va pivo mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun BHMning 10 foizi miqdoridagi har oylik yig‘im joriy etiladi.

    Raqamli markirovkalash — bu mahsulot haqidagi ma’lumotlarni elektron bazada saqlaydigan tovarlarni qadoqlash uchun maxsus Data Matrix kodini qo‘llashdir. Natijada har bir kishi tovar sifatini tekshirish va kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu maqsadda iste’molchilarga sifatsiz mahsulotlar haqida xabar berish va kerakli ma’lumotlarni olish imkonini beruvchi “Asl belgisi” mobil dasturi yaratilgan.

    07.08.2024, 09:10   Izoh (0)   3318
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini davlat tilida majburiy markirovkalash 2024-yilgacha to‘xtatildi

    24.03.2023, 11:25

    O‘zbekistonda suv va ichimliklarni bosqichma-bosqich markirovkalash boshlanadi

    31.05.2023, 12:15

    O‘zbekistonda markirovkalash uchun zarur bo‘ladigan uskunalar bojxona bojidan ozod qilinadi  

    01.06.2024, 21:10

    Andijon viloyat maʼmuriy sudi raisi lavozimidan ozod etildi  

    06.08.2024, 23:30

    “Daryo” dayjesti: 6-avgustning eng muhim xabarlari 

    06.08.2024, 23:00

    Samarqandda 26—30-avgust kunlari “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tadi 

    06.08.2024, 22:38
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyada o‘zini qirol deb e’lon qilgan shaxs qamoqqa olindi

    Dunyo | 13 may, 23:40

    “Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

    Dunyo | 13 may, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 may, 23:10

    Falastinning normal hayotga qaytishi uchun 15 yil kerakligi ma’lum qilindi

    Dunyo | 13 may, 22:55

    Maʼmuriy sudlar tomonidan uch oyda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq qancha ish ko‘rilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 22:45

    Mashhurlik retsepti: qo‘shiqlari emas, balki reklamalar orqali tanilgan xonandalar

    Musiqa | 13 may, 22:35

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” 12 ta gol urdi, “Surxon” Birinchi liga klubiga mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi

    Sport | 13 may, 22:23

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 22:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.