• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent viloyati

    Toshkentda uy sotaman deb, 164 mlrd so‘mni “yeb ketgan” quruvchi Chirchiqda ham 174 kishini chuv tushirgani aytilmoqda

    Aziya Invest Favorit MCHJ — bu nom sizga judayam tanish to‘g‘rimi? Topdingiz, aynan shu MCHJ rahbari Toshkent shahri Yashnobod tumani Izzat ko‘chasida qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli uylardan kvartira sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzgan mingdan ortiq fuqarolarni aldab, salkam 164 milliard so‘mga chuv tushirgandi.  Holat yuzasidan o‘sha paytning o‘zida zudlik bilan Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi chiqarilib, Izzat turar joy majmuasidan uy sotib olmoqchi bo‘lib, aldanib qolgan fuqarolarning muammosini o‘rganish va ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar tayyorlash bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzilgandi. Ayni kunga kelib, aynan shu qurilish tashkilotidan jabr ko‘rganlarga Iyk ota massividan yangi xonadonlar qurib berildi.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo”ga Toshkent viloyatining Chirchiq shahridan murojaat qilganlarning aytishicha, ular ham aynan Aziya invest Favorit MCHJdan jabrlangan. 174 nafar kishi uy uchun pul to‘lab qo‘yib, 3 yildan beri uy qurilishi davom etishini kutmoqda. 

    2021-yil dekabr oyida uy-joy qurilishi bo‘yicha Toshkentda ko‘pchilikni aldab, jamoatchilikka yaxshi tanilgan quruvchi-tadbirkor Xayrulla Hatamovning yana bir tashkiloti “Halal Golden Meat” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan shartnoma imzolaganmiz. Oradan uch yil muddat o‘tgan bo‘lsa-da, uyimiz hamon kotlovan holatida turibdi. 2023-yilning iyul oyida Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Izzat ko‘chasida uy olaman deb pul to‘lab aldanib qolgan odamlarning ko‘chaga chiqishiga Bosh vazirimiz tomonidan e’tibor qaratildi. Aldanib qolganlar uchun uylar qurilib, topshirildi ham. Lekin biz ham aynan Xayrulla Hatamov tomonidan aldandik. Shunga qaramasdan baribir e’tibordan chetda qolib ketdik, — deydi yangi xonadon uchun pul to‘lab, kuyib qolayotgan murojaatchi Sadoqat Ramanova. 
    Sadoqat Ramanova. 
    Foto: “Daryo”

    Murojaatchining aytishicha, “Halal Golden Meat” mas’uliyati cheklangan jamiyati qurishni boshlagan binodagi sotuv ofisida bo‘lgan Javlon, Hojiakbar ismli xodimlarning mijozlar bilan bankka qo‘shilib borishi, imkon qadar pulni tezroq to‘latishga urinishi ularning gumonlanishiga sabab bo‘lgan. 

    Foto: “Daryo”
    Bosh vazirimiz boshchiligidagi komissiya tuzilib, Yashnoboddagi voqea nazoratga olingach, bizda ham ishonch paydo bo‘ldi. Demak e’tibor qaratishadi, Chirchiqdagilar muammosini ham hal qilishadi deb o‘yladik. Lekin hozirgacha hech qanday natija yo‘q. Eng yomoni biz qilgan murojaatlarga ham javob berishmayapti, — deydi murojaatchi. 
    Foto: “Daryo”

    “Ittifoq” mahallasida qad rostlayotgan ko‘p qavatli uydagi xonadonlarning biriga pul to‘lagan Husniddin Shodmonovning aytishicha, quruvchi ular pul to‘lagan uy 2023-yilning birinchi choragida foydalanishga topshirilishini aytgan. 

    Husniddin Shodmonov.
    Foto: “Daryo”
    2023-yil uy bitadi deyishgandi. Mana 2024-yilning sentyabr oyi kelyaptiki, lekin uyimiz haliyam kotlovan holatida turibdi. Xayrulla Hatamov kabi tadbirkorlar prezidentmiz siyosatiga qarshi chiqyapti-ku. Nega tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatni suiste’mol qilishyapti?, — deydi Husniddin Shodmonov. 
    Foto: “Daryo”

    Suhbatdoshning aytishicha, mazkur uydagi xonadonlar uchun to‘lov qilganlar orasida uyini sotib to‘lov qilgani uchun ijarada yashayotganlar, ko‘ch-ko‘ronini tanishlarining uyiga qo‘yib, xonadoni qurilishi bitishini ko‘zi to‘rt bo‘lib kutayotganlar bor. 

    Foto: “Daryo”
    Murojaatimiz yuqoridagi rahbarlarga yetib borishini, odamlarni aldayotgan tadbirkorlarni tartibga chaqirishsa degan umidimiz bor. Zora 2024-yil yakuni bilan uyimiz qurilishi bitsa va odamlarning ko‘ngli xotirjam bo‘lsa, — deydi u.
    Mashhura Jalilova.
    Foto: “Daryo”

    Yana bir aldangan fuqaro Mashhura Jalilovaning aytishicha, ushbu yangi xonadonlar qurilayotgani haqidagi xabarni u hokimiyat binosida reklama qilishganida ko‘rib, ishongan.

    Foto: “Daryo”
    2021-yilning oktyabr oyida 3 xonali xonadonga to‘lov qilgandik. O‘sha paytda aksiya ketyapti, hatto boshlang‘ich to‘lovni ham bo‘lib-bo‘lib to‘lashingiz mumkin deyishganiga, ularga ishonib, to‘lov qilgandik. Bugungi kunga kelib, ancha pulga kuyib o‘tiribmiz. Aldandik. Murojaat qilmagan joyimiz qolmadi. Hech kim bizni eshitmayapti, yordam bermayapti, — deydi jabrlanuvchi Mashhura Jalilova. 
    Foto: “Daryo”

    Dilafro‘z Kamolova ismli yana bir jabrlanuvchining aytishicha, aynan shu 9 qavatli uydan xonadon olish uchun to‘lov qilganlar 174 kishini tashkil etadi.

    Foto: “Daryo”

    «Ayol boshipm bilan uch nafar farzandimni tashlab, Rossiyaga borib ishlab, yig‘gan pulimni uyga to‘lagandim. Yetmaganiga banklardan biridan kredit olib, qo‘shib to‘ladim. Biz hali qurilishi boshlansada davom etmayotgan uyimga kredit to‘lab kelyapman. Bu haqda hokimiyatga, hatto Bosh prokuraturaga murojaat qildik. Lekin natija yo‘q», — deydi jabrlanuvchi. 

    Dilafro‘z Kamolova.
    Foto: “Daryo”

    Yangi xonadon uchun 60 million so‘m to‘lagan Mahfuza Muzropovaning bildirishicha, u aldanganini sezgach, pulini qaytarib olishga harakat qilgan. Ammo quruvchi tomon na pulni qaytargan na qurilishni davom ettirgan. 

    Mahfuza Muzropova.
    Foto: “Daryo”

    Yana bir suhbatdosh Olmosxon Nishonboyeva esa yangi xonadon uchun 55 million so‘m to‘laganini, ayni kunga kelib, pulga kuyib qolayotganini, hech qaysi tashkilo ularning muammosiga e’tibor qaratmayotganini bildirmoqda. 

    Foto: “Daryo”
    To‘rt nafar bolam bor. Oyiga 200 dollar to‘lab, ijarada yashab kelamiz. Judayam qiynalib ketdik. Nogiron farzand boqish mushkul ish. Eng yomoni mana bunday aldanib qolyapmiz. Bizga hech kim yordam bermayapti, — deydi jabrlanuvchi ayollardan yana biri. 
    Foto: “Daryo”

    Bir xonali uyini sotib, ikki xonali xonadonga to‘lov qilgan fuqaroning aytishicha, quruvchi fuqarolarga tayyor xonadonlarga yotoqxona mebellarini ham qo‘shib topshiramiz deya aldagan. 

    Foto: “Daryo”
    O‘sha paytda bu uydan oldin bitadigan uylarni ham ko‘rgandik. Mahallada bunaqa yangi uylar ko‘p qurilayotgandi. Lekin aynan shu quruvchining odamlariga aldandik. Ular yangi xonadonlarga o‘zimizning hisobimizdan yotoqxona mebel ham qo‘shib beramiz deb, bizni aldashdi. Ishonib, pulimizni topshirib o‘tiribmiz-da. Mana bugungi kunga kelib, aldanib qoldik, — deydi u. 
    Foto: “Daryo”

    Murojaatchilarning aytishicha, shu ko‘p qavatli uylardagi xonadonga to‘lov qilib, aldanib qolgan o‘qituvchi ayol ayni kunda judayam sarson bo‘lmoqda. 

    O‘zi o‘qituvchi, eri Rossiyada ishlab keladi. Bor pulini uyga to‘lov qilib, bugungi kunda yuklarini hamkasblarining uyiga bo‘lib-bo‘lib saqlab kelyapti. Tasavvur qilyapsizmi uyidagi anjomlarini birovlarning uyiga bo‘lib-bo‘lib qo‘yib, o‘zi sarson-sargardonlikda yashab kelmoqda. Vijdonsiz quruvchilar buni his qilmaydi. Biz muttahamlik, o‘g‘rilik qilib, o‘sha pulni topganimizda achinmasdik.  Peshona terimiz bilan topilgan pullarimizga achinyapmiz, — deydi jabrlanuvchilar. 
    Foto: “Daryo”

    Bosh pudratchi “Halal Golden Meat” ekani aytilayotgan qurilish pasportida keltirilishicha, “Yangi O‘zbekiston” massivida 2 ta 7 qavatli, 1 ta 9 qavatli, 4 ta 12 qavatli va 3 ta 16 qavatli uylar qurilib, jami 492 nafar fuqaro yangi xonadonli bo‘lishi rejalashtirilgan. Shulardan faqatgina 2 ta 7 qavatli uy foydalanishga topshirilgan.

    “Daryo” mavzuga qaytadi.

    22.08.2024, 13:08   Izoh (0)   17984
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ichki ishlarda pensiyaga chiqish uchun xizmat muddatini 25 yilga uzaytirish haqidagi xabarlar yolg‘on — IIV 

    22.08.2024, 12:05

    Jizzaxda qariyb 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

    22.08.2024, 11:30

    O‘zbekistonda yangi nizom bo‘yicha maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlari belgilandi 

    22.08.2024, 11:20

    “O‘zgidromet” 23-avgustda qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

    22.08.2024, 11:10

    Toshkent metrosida qizning belidan pastini ushlab, shilqimlik qilgan erkak qamaldi 

    22.08.2024, 10:55

    O‘zbekiston aholisining aksariyatida maymunchechakka qarshi jamoaviy immunitet borligi ma’lum qilindi

    22.08.2024, 10:35
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.