• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oliy sud bloger Farhod Mannopov vafotida ayblangan jarroh oqlanganiga izoh berdi

    Bloger Farhod Mannopov o‘limida operatsiya qilgan jarroh emas, anesteziolog aybdor deb topildi. Oliy sud jarroh nega oqlanganini izohladi. 

    Kadr: Instagram

    Keltirilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudining 2024-yil 29-noyabr kunidagi hukmiga ko‘ra A.Xisamov Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybsiz deb topilib, Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 2 yil davomida tibbiyot sohasida otorinolaringolog vazifasida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan edi. 

    A. Xisamov va uning himoyachilari tomonidan berilgan shikoyatga asosan mazkur jinoyat ishini apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rib chiqish jarayonida ishda to‘plangan dalillar tahlil qilinganda hukmda bayon qilingan haqiqiy holatlariga to‘g‘ri kelmasligi, A. Xisamovni ayblash uchun ishonchli obyektiv dalillar mavjud emasligi aniqlangan.

    Xususan, Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismida, shaxsning o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmagani yoki lozim darajada bajarmagani ehtiyotsizlik orqasida odam o‘lishiga sabab bo‘lishi uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lsa-da, A. Xisamovning nafaqat kasbi yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmagani yoki lozim darajada bajarmagani, balki aynan uning harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida bloger F. Mannopov o‘lishiga sabab bo‘lgani holati ham aniqlanmagan.

    Jumladan, ish bo‘yicha aniqlangan holatga ko‘ra marhum F. Mannopovga nisbatan xususiy klinikada standartlarga mos ravishda shifokorlar ko‘rigi, instrumental tekshiruvlar o‘tkazilgani aniqlangan. 

    Shuningdek, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha o‘tkazilgan ekspertiza xulosalari, otolaringologiya ixtisosligi bo‘yicha yozma ravishda taqdim qilingan va so‘roq qilingan ko‘plab mutaxassislar, shu jumladan oliy toifali shifokorlarning fikriga ko‘ra bemor F. Mannopovda “bosh miya jarohati, bosh miya chayqalishi, bosh miya lat yeyishi, kalla ichi gematomalari” aniqlanmagan, ya’ni bemor F. Mannopovda kuzatilgan o‘lim holati o‘tkazilgan rinoseptoplastika jarrohlik amaliyoti sabab bo‘la olmasligi va unga o‘tkazilgan diagnostika va davolash muolajalari to‘g‘ri o‘tkazilgani ko‘rsatilgan.

    Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkazilgan ikkita xizmat tekshiruvi dalolatnomalariga ko‘ra A. Xisamovning bemor F. Mannopovga nisbatan burun sohasini davolash va jarrohlik amaliyotini o‘tkazish jarayonida o‘limiga olib kelishiga sabab bo‘ladigan xatoliklarga yo‘l qo‘ygan holatlari aniqlanmagan.

    Yuqoridagi xizmat tekshiruvlariga jalb qilingan ekspert-mutaxassislar tergov jarayonida so‘roq qilinganda ham o‘z xulosalarini tasdiqlab, asoslantirib bergan bo‘lishiga qaramasdan, tergov organi va birinchi instansiya sudi tomonidan asossiz ravishda inobatga olinmagan. 

    Shu tariqa Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2025-yil 22-iyuldagi oqlov hukmiga ko‘ra jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi tomonidan chiqarilgan hukmning A. Xisamovga oid qismi bekor qilinib, A. Xisamov e’lon qilingan ayblov bo‘yicha Jinoyat kodeksining 117-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat yuzasidan qilmishida jinoyat alomatlari bo‘lmagani hamda Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatga daxli bo‘lmagani sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga (reabilitatsiya uchun asoslar) asosan aybsiz deb topilib, oqlandi.

    Endilikda mazkur hukmdan norozi taraflar Jinoyat–protsessual kodeksining 510-moddasi (taftish tartibida qayta ko‘rilishi mumkin bo‘lgan sud hukmlari, ajrimlari) talablariga muvofiq Toshkent shahar sudiga taftish tartibida shikoyat berishga yoki protest bildirishga haqliligi ma’lum qilindi.

    30 iyul, 16:49   Izoh (0)   3484
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.