Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-avgust kuni Ostona shahrida Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/08/09/1-hCtVr9Ua.jpg)
O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
2024-yil iyul oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlari, shuningdek, Turkmaniston mahsulotlari ko‘rgazmasining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.
![](/static/2024/08/09/2-qCC6C1yV.jpg)
O‘zaro savdo hajmini oshirish va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari, jumladan, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Hududlararo aloqalarni kengaytirish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini faollashtirish muhimligi qayd etildi.
![](/static/2024/08/09/3-yK83Px1g.jpg)
Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Izoh (0)