• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.73
    • RUB158.34
    • EUR14764.66
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Xalqaro donorlar moliyaviy yordamining qisqarishi hamda shimoliy Nigeriyadagi beqarorlik sabab joriy yilning birinchi yarmida 652 bola hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda “Chegarasiz shifokorlar” (MSF) tashkiloti tarqatgan bayonotda so‘z boradi. 

    Nigeriya shimolida vaziyat og‘irligicha qolmoqda
    Nigeriya shimolida vaziyat og‘irligicha qolmoqda
    Foto: BMT

    Tashkilot mamlakatning Katsina shtatida 70 mingdan ortiq bola ochlikka qarshi davolangani, shundan 10 ming nafari og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi. MSF, shuningdek AQSH, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi tomonidan ajratib kelingan insonparvarlik yordami keskin kamayganini qo‘shimcha qilgan. 

    “Byudjet keskin qisqarayotgani ochlikdan haqiqatda aziyat chekayotgan bolalar uchun davolanish imkonini cheklayapti”, deyiladi bayonotda.

    Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, Katsinada eng og‘ir darajadagi ochlikdan aziyat chekayotgan bolalar soni o‘tgan yilga nisbatan 208 foizga oshgan. Bunga xalqaro yordamning kamayishidan tashqari, aholining qoniqarli tibbiy xizmatlarga ega emasligi hamda ko‘plab oilalar o‘z uylarini beqarorlik sabab tashlab chiqqani kabi omillar ham sabab bo‘lgan. MSF vaziyatni “favqulodda safarbarlik talab etadigan darajada og‘ir”, deya ta’rifladi. 

    Beqarorlik sabab o‘z uylaridan ko‘chirilgan aholi vaqtinchalik kulbalarda yashamoqda

    Bu hammasi emas

    BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi xabariga ko‘ra, mablag‘ tanqisligi sabab iyul oxirigacha Nigeriyaning shimoli-sharqida yashovchi 1,3 million aholi uchun oziq-ovqat yordami to‘xtatiladi. Bu 150 ta ovqatlanish klinikasining yopilishiga hamda 300 ming bolaning og‘ir ochlik xavfi ostida qolishiga sabab bo‘ladi.

    Tashkilotning mintaqaviy rahbari Margot Van Der Velden vaziyatni “fojiali” deb atadi:

    “Biz millionlab odamni oziq-ovqat va tibbiy yordamdan mahrum qilishga majbur bo‘lishimiz mumkin”, degan u. 

    AQSH yordami qisqardi

    Ma’lum qilinishicha, avvallari shimoliy Nigeriya uchun insonparvarlik yordamlarining aksar qismi Qo‘shma Shtatlarning USAID agentligi orqali shakllantirilgan. Biroq Tramp ma’muriyati tashqi yordamni keskin qisqartirib, agentlikni yopgan. Yevropa ham Ukraina urushi sabab donorlik mablag‘larini kamaytirgan. Nigeriya hukumati bunga javoban sog‘liqni saqlashdagi bo‘shliqni to‘ldirish uchun joriy yilda 200 milliard naira (130 mln dollar) ajratdi.

    26 iyul, 23:57   Izoh (0)   1947
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Nigeriya#gumanitar fojia#ocharchilik

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropa Ittifoqi Temu’ni noqonuniy va xavfli mahsulotlar sotishda aybladi

    Dunyo | 28 iyul, 18:40

    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin

    Reklama | 28 iyul, 18:00

    “Kalmar o‘yini”dagi ishtirokchilar nega aynan yashil, qo‘riqchilar esa qizil kiyimda tasvirlangan?

    Kino | 28 iyul, 18:25

    Isroilning G‘azodagi urushi oqibatida BMTning 300 dan ortiq xodimi halok bo‘ldi

    Dunyo | 28 iyul, 18:10

    AQSHda Xitoyga nisbatan bosimni kuchaytirish maqsadida uchta qonun loyihasi tayyorlanmoqda

    Dunyo | 28 iyul, 17:51

    Yaponiyada yozda ham avtomobilni salqin saqlash imkonini beruvchi texnologiya sinovdan o‘tkazilmoqda

    Maslahatlar | 28 iyul, 17:45

    Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada qatnashadi

    Sport | 28 iyul, 17:25

    Tailand bozorida otishma: hujumchi 5 kishini o‘ldirib, keyin o‘zining joniga qasd qildi

    Dunyo | 28 iyul, 17:15

    Shon-shuhrat yuki: mashhur bo‘lishni xohlamaydigan yulduzlar

    Musiqa | 28 iyul, 16:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.