Toshkent shahri, Sergeli tumanida 4-avgust kuni 2009-yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan S.X. uyning 5-qavatidan o‘z ehtiyotsizligi oqibatida yerga tushib ketgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Bola tez tibbiy yordam mashinasida RSHTYIMga olib kelingan. Biroq unga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, vafot etdi.
Bundan tashqari, marhum 2-guruh nogironi bo‘lgani, shuningdek, aqli zaifligi sababli ruhiy asab kasallar dispanserida ro‘yxatda turgani maʼlum bo‘ldi.
Hozirda Sergeli tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)