• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Texnologiyalar

    Isroil—Eron urushi: davlatlarning ballistik raketalari qanday ishlaydi?

    Isroil Erondagi yadroviy obyektlar va yuqori martabali harbiylarni nishonga olayotganiga javoban Tehron yahudiy davlatiga ballistik raketalar uchirmoqda. Isroil raketalarning ko‘pini urib tushirgan bo‘lsa-da, bir nechtasi mudofaani yorib o‘tib, Tel-Aviv markazi va boshqa hududlarga zarar yetkazgan.

    Foto: Al Jazeera
    Foto: Al Jazeera

    Eronning ballistik raketa arsenalining aniq hajmi noma’lum, ammo u mintaqadagi eng yirik va ilg‘orlaridan biri hisoblanadi.

    Ballistik raketalar qanday ishlaydi?

    Ballistik raketa — bu ballistik yoki egri chiziqli trayektoriya bo‘ylab oddiy yoki yadroviy kallaklarni yetkazib berish uchun mo‘ljallangan uzoq masofali qurollar.

    Ular kuchli raketa dvigatellari yordamida uchiriladi, bunday raketalar atmosferaning yuqori qatlamlariga, hatto koinotga uchib, nihoyatda katta tezlikda harakatlanishi mumkin. Raketa dvigatellari o‘chirilganidan so‘ng oldindan belgilangan yo‘lni bosib o‘tadi va nishonga tik tushadi.

    Ballistik raketalar qit’alar bo‘ylab bir necha yuz kilometrdan 10 ming kilometrdan ortiqroq masofaga ucha oladi.

    Ballistik raketalar uchish masofasi bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:

    • Jang maydoni ballistik raketasi — 200 km dan kam;
    • Qisqa masofali ballistik raketa — 1000 km dan kam;
    • O‘rta masofali ballistik raketa — 1000 km dan 3500 km gacha;
    • Uzoq masofali ballistik raketa — 3 500 km dan 5 500 km gacha;
    • Qit’alararo ballistik raketa — 5 500 km dan ortiq.

    Qanday tezlikka erisha oladi?

    Ballistik raketalar o‘ta yuqori tezlikda harakatlanib, bir necha daqiqada minglab kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin. Ularning harakatlanish tezligi tovush tezligiga teng bo‘lgan Mach birligida o‘lchanadi, masalan, Mach 5 tovush tezligidan besh marta katta.

    Odatda qisqa masofali ballistik raketalar tovushdan yuqori tezlikka erishadi (Mach 1 dan tezroq yoki taxminan 1,225 km/soat). Odatda uzoqroq masofali raketalar gipertovush tezligida harakatlanishi mumkin — Mach 5 dan yuqori (6,125 km/soat).

    Eron raketalari Isroilga qancha vaqtda yetib boradi?

    Eron va Isroil o‘rtasidagi masofa taxminan 1300 km dan 1500 km gacha. Erondan Mach 5 tezligida uchadigan ballistik raketalar Isroilga taxminan 12 daqiqada yetib borishi mumkin, ammo aniq vaqt raketa turi va uchirish joyiga bog‘liq.

    Nima uchun ballistik raketalarni urib tushirish qiyin?

    Ballistik raketalarning xavfli jihati uzoq masofaga uchishi, yuqori tezligi va ularni tutib olishning qiyinligidadir.

    Mudofaa tizimlari bunday raketalar tez va yuqori parvoz qilishi sababli ularni aniqlashda qiynaladi. Ular atmosferaga qayta kirganda, yerga yanada tezroq tushadi. Bu esa tutib olishni yanada qiyinlashtiradi. Ba’zi raketalar, shuningdek, radar va raketa mudofaasini aldash uchun xiyla yoki boshqa qarshi choralarni qo‘llaydi.

    Ballistik va qanotli raketalarning farqi nimada?

    Eron ham Isroilga qarshi qanotli raketalardan foydalangan. Ballistik raketalardan farqli o‘laroq, qanotli raketalar dronlar kabi past va barqaror uchadi. Bu ularga havo mudofaasidan yashirincha o‘tishga yordam beradi. Garchi ular ballistik raketalarga qaraganda ancha sekin harakatlansa-da, past parvoz qilishi ularni aniqlashni qiyinlashtiradi. Manyovrlik qobiliyati ularga yo‘nalishni o‘zgartirish, to‘siqlarni aylanib o‘tish va raketa mudofaasidan qochish imkonini beradi.

    Erondan ballistik raketalar Isroilga taxminan 12 daqiqada yetib boradi, qanotli raketalar deyarli 2 soat, dronlar esa 9 soatgacha vaqt olishi mumkin.

    Eronning raketa arsenali

    Eron so‘nggi 30 yil ichida bir qator ballistik va qanotli raketalarni ishlab chiqqan. Quyidagi grafik Eronning eng mashhur raketalari va ularning diapazonlarini aks ettiradi.

    Infografika: Daryo
    Infografika: “Daryo”

    Isroilning raketa arsenali

    Isroil AQSHning o‘nlab yillar davomida qo‘llab-quvvatlashi bilan ishlab chiqilgan uzoq masofali va yadroviy tizimlarni o‘z ichiga olgan ilg‘or raketa arsenaliga ega. Quyidagi grafikda Isroilning eng mashhur raketalari va taxminiy diapazonlari ko‘rsatilgan.

    Infografika: Daryo
    Infografika: “Daryo”

    17 iyun, 16:45   Izoh (0)   5163
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Eron#Isroil#raketa#ballistik raketa#qanotli raketa

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSH Isroilni Eron hujumidan himoya qilish uchun Yaqin Sharqqa yangi harbiy qismlar jo‘natadi

    02.08.2024, 15:28

    Eron Isroil hujumiga javob qaytarmasligini ma’lum qildi

    26.10.2024, 15:50

    O‘zbekiston Eron-Isroil mojarosi keskinlik darajasini kamaytirish bo‘yicha harakatlarga ko‘maklashishga tayyor — TIV 

    13 iyun, 15:41

    Putin Eron va Isroil rahbarlari bilan telefon orqali suhbatlashdi 

    14 iyun, 08:59

    Eron oliy rahbari Isroilning zarbalarini urush e’loni deb atadi

    14 iyun, 11:15

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroilning nishoni bo‘lishi mumkin — WSJ

    15 iyun, 09:21

    Eron Isroilga zarba berishda “yangi usul”ni qo‘lladi

    16 iyun, 15:50

    Baxtiyor Saidov Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri bilan Isroil—Eron mojarosi yuzasidan suhbatlashdi

    16 iyun, 18:01

    “AQSH Isroilning Eronga hujum qilishiga yo‘l qo‘yib, xalqaro huquqni buzdi” — Eron prezidenti 

    16 iyun, 22:50

    O‘zbekiston TIV Eron va Isroildagi vatandoshlarga harbiy hamda boshqa davlat obyektlariga yaqinlashmaslikni tavsiya qildi

    16 iyun, 23:59

    Eron AQSH va Isroildan zudlik bilan hujumlarni to‘xtatib, muzokara boshlashni so‘radi — OAV

    17 iyun, 08:39
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda 20-iyun kuni harorat nisbatan pasayadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 10:45

    O‘zbekistonda tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi byudjetga 195 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 10:30

    Eron Isroilga 20 ta raketa uchirdi (video)

    Dunyo | 19 iyun, 10:40

    “Do‘stlar” yulduzi Mettyu Perrining o‘limiga aloqador shifokorga 40 yilgacha qamoq jazosi tahdid qilmoqda

    Shou-biznes | 19 iyun, 10:26

    “Bezosga bu yerda joy yo‘q”: Venetsiyada Jeff Bezos va Loren Sanchesning to‘yiga qarshi noroziliklar boshlandi

    Layfstayl | 19 iyun, 09:58

    “Qiyomat kuni samolyoti” Vashington yaqinida ko‘rinish berdi

    Dunyo | 19 iyun, 09:55

    Xabi Alonso “Real” murabbiyi sifatida ilk o‘yinda durang qayd etdi — bu XXI asrdagi uchinchi holat

    Sport | 19 iyun, 09:54

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga 14,5 mlrd so‘m mukofot to‘landi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 09:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.