Agar bosh og‘rig‘i tez-tez kuzatilib tursa, albatta, buning sababini izlash kerak. Bosh og‘rig‘iga chidash yoki og‘riq qoldiruvchi vositalar bilan og‘riqni vaqtinchalik qoldirish imkon qadar tavsiya etilmaydi. Sog‘lig‘ingiz bilan bog‘liq muammolarni eʼtiborsiz qoldirmang. Tanangiz boshdagi og‘riq orqali boshqa jiddiy kasalliklar haqida belgi berayotgan bo‘lishi mumkin.
Tez-tez bosh og‘rishining sabablari
- doimiy stress;
- ruhan va jismonan toliqish;
- uyqu yetishmasligi;
- gormonal nomutanosibliklar (homiladorlik paytida yoki menopauzada tana butunlay qayta tiklanganda turli og‘riqlar paydo bo‘lishi mumkin);
- ko‘z toliqishi (kompyuter oldida ko‘p o‘tirish, 3D filmlarni muntazam va uzoq vaqt tomosha qilish;
- ma’lum dori vositalarini qabul qilish;
- boshdan jarohat olish (shikastlanish og‘ir yoki yengilligiga qarab ikki haftadan sakkiz haftagacha davom etishi mumkin);
- ortiqcha vazn;
- meningit (bosh miya yoki orqa miya yallig‘lanishi bo‘lib, ko‘ngil aynishi va qayt qilish bilan birga keladi);
- glaukoma (ko‘z nervlarning yallig‘lanishi. 40 yoshdan oshgan odamlarda ko‘proq uchraydi);
- bosh va orqa miya saratoni.
Agar boshingiz tez-tez og‘riy boshlasa, nima qilish kerak va qaysi shifokorga murojaat qilish lozim?
Muntazam bosh og‘rig‘i bezovta qiladigan shaxslar tez-tez qiladigan birinchi ish bu og‘riq qoldiruvchi dorilarni qabul qilishdir, lekin og‘riqni xalq tabobati bilan bartaraf etish afzalroqdir. Yangi karam bargini peshonangizga qo‘ying, moychechakli choy iching va peshonangizni limon yoki lavanda efir moyi bilan uqalang. Ular bosh og‘rig‘ini sezilarli yengillashtiradi.
Agar doimiy bosh og‘rig‘i kamaymasa, albatta, shifoxonaga borishni unutmang. Birinchi bo‘lib nevrologga murojaat qiling, chunki ko‘pincha bunday og‘riqlar miya yoki orqa miya bilan bog‘liq muammolar tufayli yuzaga keladi. Shuningdek, terapevtga ko‘rinish ham tavsiya etiladi va u torroq mutaxassisga yo‘llanma beradi.
Ko‘p holatlarda og‘riq qoldiruvchi dorilarni isteʼmol qilish shifokor qabuliga borishni sekinlashtiradi va aniqlanmagan kasallik yanada rivojlanishiga zamin yaratadi.
Izoh (0)