• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Katta miqdorda qarzdorlikni to‘lamasdan kelgan — “O‘zbektelekom” Humans ishi bo‘yicha munosabat bildirdi

    O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi Humans kompaniyasining Singapurdagi ta’sischisi — Humans Mobile Ltd Markaziy bank va “O‘zbektelekom” xatti-harakatlari ortidan xalqaro arbitrajga shikoyat kiritgandi. “O‘zbektelekom” bunga munosabat bildirdi.

    Foto: “O‘zbektelekom”

    Unda keltirilishicha, Humans virtual operatori, boshqa mobil operatorlardan farqli ravishda, o‘z tarmog‘ini yaratish uchun sarmoya kiritmagan. Shuning uchun u mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatishga 2020-yildan buyon shartnoma asosida “O‘zbektelekom” AK mobil tarmog‘idan foydalanib kelgan.

    “O‘zbektelekom” Humans operatoriga nisbatan “bozordagi ustun (monopol) mavqesidan foydalanib bosim o‘tkazayotgani” to‘g‘risidagi axborotlar noxolis ekanligini qayd etib o‘tdi.

    Aslida Humans o‘z infrastrukturasiga ega “O‘zbektelekom” AKdan tashqari Ucell, Beeline, Mobiuz kabi boshqa mobil operatorlari bilan ham shartnoma asosida xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin, qonunchilikda faqat “O‘zbektelekom” AK bilan mobil infrastrukturadan foydalanish kerak, deb hech joyda belgilanmagan, deyiladi kompaniya munosabatida.

    Xizmatlarga “monopol yuqori narx” haqidagi davoga nisbatan esa “O‘zbektelekom” O‘zbekistonda internet xizmatlarini arzonlashtirish bo‘yicha muhim ishlarni amalga oshirib kelayotganini bildirdi. Xalqaro internet kanallarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati kengaytirilishi hisobiga operator va provayderlar uchun 1 Mbit/s internet narxi 2017—2024-yillarda 40 barobarga arzonlashtirilgan.

    Ma’lum qilinishicha, Humans virtual operatori “O‘zbektelekom” mobil tarmog‘idan foydalanib, daromad topsa-da, uni xarajatlarini to‘lashni ortga surib kelmoqda.

    Humans uzoq muddat davomida shartnoma majburiyatlarini tizimli ravishda buzib kelgan, yaʼni ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha katta miqdorda qarzdorlikni to‘lamasdan kelgan. “O‘zbektelekom”  faqat isteʼmolchilar huquqi buzilmasin, ular Humans bo‘ladimi, boshqa operatormi, istemolchi to‘lagan puliga yarasha xizmat olsin, deb o‘z xizmatini davom ettirgan, deyiladi “O‘zbektelekom” munosabatida.

    Ta’kidlanishicha, shu munosabat bilan “O‘zbektelekom” AK mavjud qarzdorlikni undirish va kelgusida kompaniyaga zararni kamaytirish maqsadida tegishli sudga daʼvo arizasi kiritishga majbur bo‘lgan.  “O‘zbektelekom” AK tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qarzdorlik yuzasidan 8-may kuni Humans kompaniyasiga nisbatan Toshkent shahar iqtisodiy sudi qarori chiqarilgan. 

    Kompaniya agar kelgusida jamoatchilikni, tartibga soluvchi organlar va biznes hamkorlarni chalg‘ituvchi, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan maʼlumotlar tarqatilsa, o‘z ishbilarmonlik obro‘sini himoya qilish maqsadida sudga murojaat qilishi haqida ogohlantirdi.

    “O‘zbektelekom” ochiqlik, halol raqobat va amaldagi qonunchilikka rioya qilish tamoyillariga sodiqligini tasdiqlaydi. Kompaniya bozordagi istalgan ishtirokchi, jumladan, Humans kompaniyasi bilan, ular o‘z majburiyatlarini vijdonan bajargan taqdirda konstruktiv muloqotga ochiq, deya yakunlangan munosabat.

    Markaziy bank ham Humans O‘zbekistonga qarshi xalqaro arbitrajga da’vo kiritgani yuzasidan munosabat bildirgandi. Unda “Maroqand” AJ to‘lov tashkilotida fuqarolarning pullari qonunchilikda savdosi va xizmat ko‘rsatilishi taqiqlangan xizmatlarga (qimor o‘yinlar) o‘tkazilgani sababli ushbu to‘lov tashkilotining ayrim to‘lov xizmatlarini amalga oshirishi olti oyga cheklangani hamda to‘lov tashkiloti faoliyatida aniqlangan holatlarga huquqiy baho berish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgani qayd etilgandi. 

    5 iyun, 09:55   Izoh (0)   2184
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Humans#“O‘zbektelekom”#Markaziy bank

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    UzAuto Motors egasiga aylaning: O‘zbekiston tarixidagi asosiy IPO‘lardan biri bilan kim shug‘ullanadi?

    11.10.2022, 18:00

    Humans O‘zbekistonda istalgan kartaga pul o‘tkazish komissiyasi qiymatini nolga tenglashtiradi!

    03.11.2022, 21:00

    Humans bilan endi yangi televizor uchun to‘lov qilmaslik mumkin

    01.12.2022, 18:00

    O‘zbekistonda “Kundalik” raqamli platformasidan foydalanish darajasi 50 foizga yetdi

    27.12.2022, 10:30

    Superapp Humans yangi foydalanuvchilarga 100 000 soʻmni keshbek bilan qaytarib beradi

    08.02.2023, 19:31

    O‘zbekistonda raqamni saqlagan holda mobil operatorni o‘zgartirish imkoniyati yaratildi

    27.10.2023, 10:46

    Abonent qanday qilib raqamini o‘zgartirmagan holda kompaniyani almashtirishi mumkin? Mutaxassis tushuntirish berdi

    27.10.2023, 20:55

    O‘zbekcha kreativ kommunikatsiyalar: o‘yinchilar, keyslar, tendensiyalar

    22.10.2024, 18:02

    Madura bo‘g‘ozi tubidan qadimgi hayot izlari topildi

    16 may, 23:30

    Humans O‘zbekistonga qarshi xalqaro arbitrajga da’vo kiritdi

    4 iyun, 15:41

    Markaziy bank Humans O‘zbekistonga qarshi xalqaro arbitrajga da’vo kiritgani yuzasidan munosabat bildirdi 

    4 iyun, 17:40
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qozog‘iston harbiylarini Buyuk Britaniyada o‘qitadi

    Dunyo | 6 iyun, 22:00

    Superliga. Qoldirilgan bahsda “Xorazm” “Qizilqum”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 6 iyun, 21:10

    Rossiyada IELTS topshirganlar qamalishi mumkin

    Dunyo | 6 iyun, 21:00

    Shavkat Mirziyoyevni Qurbon hayiti bilan kimlar tabrikladi?

    O‘zbekiston | 6 iyun, 19:57

    Ukraina “O‘rgimchak to‘ri”ga o‘xshash yangi operatsiyalarga tayyorlanmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 6 iyun, 19:30

    Germaniya yuzlab migrantlarni mamlakatga kiritmadi

    Dunyo | 6 iyun, 18:50

    Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi (foto)

    O‘zbekiston | 6 iyun, 17:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.