O‘zbekistonda endi kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya bitta, ya’ni Ijtimoiy himoya agentligi tizimida bo‘ladi. Bu haqda 12-iyul kuni prezident raisligidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.
![](/static/2024/07/12/photo_2024-07-12_13-32-30-EeU4Nug-.jpg)
Shavkat Mirziyoyev kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tizimni o‘zgartirish zarurligini aytdi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mahalla yettiligida qanday ishlash kerakligi bo‘yicha tajriba to‘plandi, ularga bank-moliya instrumentlari bilan ko‘maklashish joriy qilindi. Shu bilan birga, tizim kengaygan sari yangicha yondashuvga ehtiyoj sezilmoqda.
![](/static/2024/07/12/photo_2024-07-12_13-24-38-k7ueOz4C.jpg)
Ehtiyojmand aholi daromad manbai bilan ta’minlanmasa, yana ijtimoiy yordamga qayta-qayta murojaat etishi ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois endi kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya bitta, ya’ni Ijtimoiy himoya agentligi tizimida bo‘ladi.
Izoh (0)