• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Xitoy paradda AQSHga zarba bera oladigan qurollarini ko‘rsatadi

    Xitoy 3-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan paradda AQSHga zarba bera oladigan qurollarini namoyish etadi. Sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlar ularning ayrimlarini ko‘rsatdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

    Foto: Blommberg
    Foto: Bloomberg

    Paradda eng so‘nggi zenit raketalari, jangovar dronlar va yadroviy ballistik raketalar ham ko‘rinish beradi. Ehtimol bu orqali Xitoy o‘zining harbiy qudratini namoyish etish va potensial xaridorlarni jalb qilishni rejalashtirgan. Sun’iy yo‘ldosh suratlari Pekindagi parad bo‘lib o‘tadigan maydonchadan olingan.

    Rasmlarda zirhli texnikalar, havo mudofaa tizimlari, artilleriya qurollari va qanotli raketalar aks etgan. Bu ma’lumotlar Vena shahridagi Open Nuclear Network tahlilchilari tomonidan o‘rganilgan. Sun’iy yo‘ldosh suratlarida DF-41 qit’alararo ballistik raketasi ko‘ringan. U maxsus yuk mashinasida tashiladi, bir nechta jangovar kallaklarni olib yurishi mumkin va taxminan 15 ming kilometr masofaga uchadi. Bu esa uni AQSHni nishonga olishga qodir qiladi.

    Foto: Bloomberg
    Foto: Bloomberg

    DF-41 ilk bor 2019-yilgi paradda namoyish etilgan. Shuningdek, sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida yopiq holatdagi DF-100 gipersonik raketasi ham aks etgan bo‘lishi mumkin. U minglab kilometrga uchishi taxmin qilinmoqda. Xitoy armiyasining yangi qurollari eng so‘nggi texnologiyalar, jumladan gipertovushli tizimlarni o‘z ichiga oladi.

    Bu esa “dengizdagi havo mudofaa tizimlarini yengish imkoniyatlarini oshiradi va aniqrog‘i, Tinch okeanining g‘arbiy qismida AQSH dengiz kuchlarini cheklash uchun ishlab chiqilgan. Juda kam davlat barcha imkoniyatlarni qamrab oluvchi bunday kemaga qarshi raketalarni ishlab chiqqan, deydi xavfsizlik bo‘yicha tadqiqot markazi mutaxassisi Tianran Xu.

    Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan parad Xitoy raisi Si Szinpin uchun yirik tadbirlardan biri hisoblanadi. Parad uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va boshqa jahon yetakchilari bilan uchrashuvidan bir necha kun keyin bo‘lib o‘tadi.

    Foto: Bloomberg
    Foto: Bloomberg

    Shanxay hamkorlik tashkilotining Tyanszinda o‘tkaziladigan ushbu yig‘ilishiga Xitoydan qurol-yarog‘ xarid qiladigan bir qancha davlat rahbarlarining ham tashrif buyurishi kutilmoqda. Xitoy mudofaa kompaniyalarining aksiyalari may oyida Pokiston Hindistonning beshta qiruvchi samolyotini urib tushirish uchun Xitoyning J-10C samolyotlari va PL-15 raketalaridan foydalanganidan so‘ng ko‘tarildi.

    Xitoy o‘z armiyasini modernizatsiya qilish uchun katta mablag‘ sarflamoqda. Mamlakat dunyodagi to‘rtinchi yirik qurol eksportchisi hisoblanadi. Uning mijozlari asosan cheklangan mablag‘larga ega bo‘lgan Pokiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlardir.

    Pekin gipertovushli raketalarning dunyodagi eng samarali ishlab chiqaruvchilaridan biridir. Texnologiya bir tomondan AQSH, ikkinchi tomondan Xitoy va Rossiya o‘rtasida kuchayib borayotgan raqobatning markazida turibdi. Ukraina 2024-yilda Rossiya unga qarshi shunday qurol ishlatganini ta’kidlagandi.

    26 avgust, 14:45   Izoh (0)   2082
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Rockstar Gaming Festival 2025: O‘zbekistonda yorqin his-tuyg‘ular, xursandchiliklar va kibersport


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    APEX — moliyaviy boshqaruv uchun qulayliklar bitta ilovada 

     

    Tavsiya etamiz

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    26 avgust, 13:53

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniya inqilob arafasida — Telegraph

    Dunyo | 26 avgust, 21:11

    Rockstar Gaming Festival 2025: O‘zbekistonda yorqin his-tuyg‘ular, xursandchiliklar va kibersport

    Reklama | 26 avgust, 20:15

    “Uyda yolg‘iz” komediyasining yulduzi Makoley Kalkin hozir qanday yashaydi?

    Kino | 26 avgust, 20:55

    “Tramp Modiga to‘rt marta qo‘ng‘iroq qildi, biroq u gaplashishdan bosh tortdi” — OAV

    Dunyo | 26 avgust, 20:45

    Google Play’da pul o‘g‘irlaydigan o‘nlab ilovalar aniqlandi

    Dunyo | 26 avgust, 20:35

    Reuters fotojurnalisti agentlikni “Isroil targ‘iboti”da ayblab, ishdan bo‘shadi

    Dunyo | 26 avgust, 20:23

    “Temir intizom, po‘lat tana va qo‘rquv bilmas qalb”. Insoniyat tarixidagi eng qudratli maxsus qo‘shinlar qaysilar edi?

    Dunyo | 26 avgust, 20:10

    “Trampning Rossiyaga nisbatan sabri tugashiga umid qilaman” — Finlyandiya prezidenti

    Dunyo | 26 avgust, 19:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.