Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigoning agenti Pini Zahavi Angliyaga yetib keldi. Bu haqda Caughtoffside nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchining agenti “Arsenal” va “Liverpul” rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgan. Muzokaralar davomida klublar Rodrigo uchun qanday shartlar taklif qilishi mumkinligi o‘rganiladi.
Ispaniya chempionatining yangi mavsumidagi ilk o‘yinda 24 yoshli futbolchi zaxirada qoldirildi. Ushbu holat ortidan futbolchining ketishi haqidagi mish-mishlar yanada ko‘paydi. Hozirda asosiy da’vogar sifatida APLning ikki klubi — “Liverpul” hamda “Arsenal” ko‘rilmoqda. Mersisaydliklar yozgi transfer oynasi vaqtida kolumbiyalik futbolchi Luis Diasni “Bavariya”ga sotib yubordi. Rodrigo esa uning o‘rniga asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda.
Shuningdek, “Manchester Siti” hamda “Tottenhem” ham braziliyalik vingerning atrofidagi holatni kuzatib turibdi. “Qirollik klubi” rahbariyati uni 100 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Izoh (0)