Angliyaning “Manchester Siti” klubining 22 yoshli yarim himoyachisi Jeyms Makeyti yozgi transfer oynasi vaqtida “shaharliklar” safini tark etishi mumkin. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati futbolchini 40 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Uning xizmatlariga Angliya Premyer Ligasining ikki vakili — “Vest Hem” va “Nottingem Forest” hamda Germaniyaning “Ayntraxt” (Frankfurt) klublari qiziqish bildirmoqda. Ushbu jamoalar Makeytini yozgi transfer oynasi vaqtida sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Futbolchining “Manchester Siti”ni tark etish ehtimoli yuqori. Sababi klubdagi raqobat sabab Jeyms zaxirad qolib ketishi mumkin. U ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida boshqa jamoaga o‘tish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, 2024/25-yilgi mavsum Jeyms Makeyti “Manchester Siti” safida jami 27 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta gol yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.
Izoh (0)