Eron, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya 25-iyul kuni Istanbulda yadroviy muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Ushbu Yevropa davlatlari so‘nggi kunlarda Tehronga qarshi xalqaro sanksiyalar qayta joriy etilishidan ogohlantirib kelayotgandi. Yadro masalasida muzokara o‘tkazish taklifi Yevropa Ittifoqi rasmiysi va Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi tomonidan kelishib olingan. Ular 17-iyul kuni telefon orqali muloqot qilgan.
Yevropaning yuqoridagi uchta davlati, shuningdek Xitoy va Rossiya Eron bilan 2015-yilda yadroviy kelishuvga erishgan edi. Bu kelishuvdan AQSH 2018-yilda chiqib ketgan.
Isroil-Eron urushi oldidan Tehron va Vashington Ummon vositachiligida 5 raundlik yadroviy muzokaralar o‘tkazgan. Ammo ushbu uchrashuvlar muvafaqqiyatli yakunlanmagan. Tehron esa uning yadroviy dasturi faqat fuqarolik maqsadlariga mo‘ljallanganini ta’kidlab keladi.
Izoh (0)