Belgiyaning “Antverpen” klubi sport direktori Mark Overmars yozgi transferlar oynasi payti amalga oshirgan xaridlari sabab ko‘plab muxlislarning tanqidiga uchradi. Xususan, himoyachi Yel Batayning jamoani erkin agent sifatida tark etishi hamda o‘zbekistonlik hujumchi Muhammadali O‘rinboyevning transferi ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘ldi.

Muxlislar Yel Batayning ketish qaroridan juda xafa bo‘lgan. Klub futbolchining shartnomasidagi bandni o‘z vaqtida faollashtirmagani bois himoyachi erkin agent maqomida boshqa klubga o‘tgan. Bu holat muxlislarning rahbariyatga bo‘lgan ishonchni pasaytirgan va ko‘plab savollarni yuzaga keltirgan.
Shu bilan birga, Overmars tomonidan yaqinda amalga oshirilgan Muhammadali O‘rinboyev transferi ham muxlislar tomonidan sovuqqonlik bilan kutib olindi. Toshkentning “Paxtakor” klubidan 500 ming yevroga xarid qilingan hujumchi yozgi transferlar doirasida “Antverpen”ning to‘rtinchi yangi futbolchisi sifatida tanishtirildi. Klub sport direktori Overmars bu transfer uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Muhammadali O‘rinboyev O‘zbekistonda istiqbolli futbolchilaridan biri hisoblanadi. U ketma-ket uch mavsum mamlakat chempioni bo‘lgan va U-20 Osiyo Kubogida 4 ta gol urib, musobaqaning eng yaxshi to‘purari sifatida e’tirof etilgan. Shunga qaramay, “Antverpen” muxlislari bu transferdan mamnun emas. Ijtimoiy tarmoqlarda Overmarsga nisbatan keskin tanqidlar bildirilib, ba’zi foydalanuvchilar uni “mutaxassis emas” deb atashgan, deyiladi Voetbalnieuws nashrida.
Ayni paytda “Antverpen” rahbariyati yangi mavsum oldidan muxlislar ishonchini qayta tiklash uchun qat’iy va aniq qadamlar tashlashi lozim bo‘ladi. Chunki ijtimoiy tarmoqlarda, xususan X platformasida, jamoa muxlislari klubning transfer siyosatiga jiddiy norozilik bildirishmoqda.
Xususan, Peter ismli foydalanuvchi quydagi fikrlarni bildirgan:
Axir sizlar qayerdan futbolchi izlayapsizlar o‘zi?! Yel Batay kabi himoyachini qurbon qilib, o‘rniga o‘zbekistonlik futbolchini olib kelasizmi?!
Waar gaan jullie in godsnaam toch scouten? @JelleBataille opofferen voor een Oezbeek?? pic.twitter.com/BRoflHJIec
— Peter (@Vladimirblatter) July 7, 2025
Romaro Yamal ismli foydalanuvchi esa klub akademiyasidagi iqtidorlarga e’tibor bermay, klubning 500 ming yevrolik xarididan norozi ekanligini bildirgan:
“Antverpen” klubi so‘nggi 25 yil ichida ilk bor jamoaga Muhammad ismli futbolchini olib keldi. Ammo har yili klubning yoshlar tizimida shu nomdagi iqtidorli futbolchilar bo‘lishiga qaramay, ularga imkon berilmaydi. Aksincha jamoadan ketkizib yuborilmoqda. Bu holat fonida, klubning boshqa bir Muhammadga pul to‘lab transfer qilgani muxlislar noroziligiga sabab bo‘lishi tabiiy. Bu qarorni ikkiyuzlamachilik deb baholayman, rahbariyat esa yuzaki va soxta siyosat yuritmoqda.
De eerste Mohamed voor Antwerp in 25jaar tijd voetbal wetende dat er in de Antwerpse jeugdreeksen elk jaar toppers met dezelfde naam worden weggejaagd… bende Nepperds
— Romario Yamal (@Neezenne) July 7, 2025
Yana bir X tarmog‘i foydalanuvchisi esa O‘rinboyevning 1 liga darajasidagi futbolchi deya atagan:
Belgiya 1 ligasi darajasidagi futbolchi.
Leuke speler voor 1B!
— َ (@prestiannism) July 7, 2025
Izoh (0)