• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Suddagi xatti-harakatidan tortib ko‘chada yurish-turishigacha o‘rganiladi — Sudyalar odobi komissiyalari nega tashkil qilingani haqida tushuntirish berildi

    Sudyalar oliy kengashi va joylardagi sudyalar Malaka hayʼati huzurida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Sudyalar odobi komissiyalari tashkil etilgan. Sudyalar oliy kengashi raisining matbuot kotibi Tursunali Akbarovning “Daryo”ga bergan izohiga ko‘ra, komissiya OAV va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan materiallardagi sudyalarning xatti-harakatlariga oid masalalarni o‘rganib chiqadi.

    Tursunali Akbarov
    Tursunali Akbarov
    Foto: AOKA

    “Bundan tashqari, Komissiya jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan Sudyalar odobi kodeksining axloq va maʼnaviyatga oid xos qoidalari buzilganligi oid murojaatlarni ham o‘rganadi va tegishli xulosa beradi.

    Sudyalar odobi kodeksida sudya nafaqat kasbiy faoliyatini amalga oshirishi jarayonida, balki xizmatdan tashqari vaqtda ham rioya etishi lozim bo‘lgan qoidalari ham yetarli. Ular ommaviy va ko‘ngilochar tadbirlarda ishtirokidan tortib, boshqalar bilan munosabati, muomalasi, kiyinishi, hatto shaxsiy hayot chegarasidan chiqmagan holda turmush tarzigacha bo‘lgan obod-axloq meʼyorlaridan iborat. Ushbu talablar buzilganligi ehtimoliga aniqlik kiritish, o‘rni kelganda o‘zgacharoq yondashuv, tor doirada muhokama zaruriyatini yuzaga keltirishi mumkin. Sudyalar odob komissiyalari shuning uchun ham kerakligini tajribalar ko‘rsatdi”, dedi Sudyalar oliy kengashi raisining matbuot kotibi.

    Foto: “Daryo”

    Masʼulning alohida taʼkidlashicha, Komissiyalar ishiga viloyat sudi raisi va o‘rinbosarlari taʼsir o‘tkazolmaydi.

    Bunday imkoniyat yo‘q darajada. Chunki, xolislikni taʼminlash va aralashuvlar ehtimollari oldini olish uchun shunday tartib joriy etilganki, unga ko‘ra, barcha darajadagi sudlar raisi va o‘rinbosarlari Sudyalar odob komissiyasi aʼzoligiga saylanishi mumkin emas. Mazkur talab joylardagi sudlar Malaka hayʼatining nainki raislari, balki aʼzolariga ham taalluqli.

    Ikkinchidan, deylik, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar rahbarlarining (jumladan, Oliy sud aʼzolarining ham) Sudyalar odobi kodeksi qoidalarini buzganiga doir masalalar joylardagi Odob komissiyalarida emas, aksincha, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi shunday tuzilma tomonidan ko‘rib chiqiladi, dedi Tursunali Akbarov.

    Qo‘shimcha qilinishicha, Komissiya xulosasi sudyaga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazishga (yoki aksincha) asos bo‘ladi.

    Daryo eslatadi: Jazolangan sudyalar

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudi raisi yo‘l-transport hodisasiga uchragan, oqibatda u bilan bitta avtomashinada bo‘lgan advokat halok bo‘lib, o‘zi esa u turli darajada tan jarohati olgandi. Unga sud hukmi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    Ohangaron tumani sudida manzil koloniyada jazo muddatlarini o‘tayotgan 14 nafar shaxsning ishini ko‘rib chiqish vaqtida sudya mantiyasiz, bayonnoma yuritmasdan ish ko‘rgani uchun mazkur tuman sudining raisi va sudyasiga nisbatan ogohlantirish intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

    Oqqo‘rg‘on tumani sudi raisi sud hukmi yozilishida eʼtiborsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun maoshining 20 foizi miqdorida jarima intizomiy jazoga tortilgan.

    Yakkabog‘ tumanida sudyaning xatosi sabab erkak nogironlik nafaqasini ololmay qolgani uchun sudyaga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atilib, tegishli intizomiy jazo qo‘llanilgan.

    Quva tuman sudi raisi o‘zi ko‘rib chiqqan, biroq hali qonuniy kuchga kirmagan jinoyat ishi bo‘yicha markaziy telekanallardan biriga intervyu bergani uchun intizomiy jazo olgan.

    Toshkent shahridagi kafelarning biridan mast holda chiqqan va mashina o‘g‘irlashda gumonlangan sudyaning vakolati muddatidan avval tugatilib, unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

    10 iyul, 18:34   Izoh (0)   866
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Sudyalar odobi komissiyalari#Sudyalar oliy kengashi#sudya#jazo#sud ishi#ishdan olish

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50

    AQSHda Trampning ruhiyatida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 18:35

    Jazirama kunlarda yuz terisini qanday parvarish qilish kerak? Kosmetolog tavsiyasi

    Go‘zallik | 12 iyul, 18:20

    O‘zbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:13

    O‘zbekistonda ayollar huquqlari: zo‘ravonlikka qarshi choralar o‘zini oqlayaptimi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.