Gonkongda aktyor hamda jang san’ati ustasi Bryus Liga bag‘ishlangan muxlislar muzeyi yopildi. Bu haqda Bryus Lining rasmiy fan klubi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Muzey kolleksiyasida 2 mingta noyob eksponat mavjud — bular haykallar, jurnallar va kamyob videoyozuvlardir.
“Xarajatlar bizni Bryus Lining xotirasini abadiylashtirish uchun resurslarimizdan qanday qilib eng samarali foydalanish haqida o‘ylashga majbur qildi”, deya ta’kidladi muzey vakillari.
Muzeyning daromadi koronavirus pandemiyasi davridayoq pasayib ketgan edi. Muzey yana ochiladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.
Rasmiy fan klubini Bryus Li oilasi tashkil etgan.
“G‘azab mushti” va “Ajdar yo‘li” filmlarining yulduzi 1973-yil iyul oyida 32 yoshida vafot etgan edi. U bilan bog‘liq ko‘chma eksponatlar muzeyi dastlab 2000-yilda Gonkongning boshqa joyida ochilgan va ko‘p yillik tanaffusdan so‘ng 2019-yilda qayta faoliyatini boshlagan edi.
Izoh (0)