• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Dunyo Madaniyat

    O‘zbekistonning “Sahrodagi Luvr”idan keltirilgan suratlar Rossiyada namoyish etilmoqda (foto)

    Moskva viloyatidagi “Yangi Quddus” muzeyida “Olamlar orasidagi nur” suratlar ko‘rgazmasi ochildi. Ekspozitsiyadan 1920–1930-yillarda sovet, o‘zbek va rus modernist rassomlari chizgan asarlar o‘rin olgan.

    Foto: Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi
    Foto: Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi

    27–30-may kunlari Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi o‘zbekistonlik jurnalistlar uchun Rossiyaga press-tur tashkil etdi. Safar davomida ishtirokchilarga ko‘rgazma to‘g‘risida maʼlumot berildi.

    Foto: Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi
    Foto: Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi

    Kompozitsiya “Yangi Quddus” va Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston sanʼat muzeyi fondidagi 160 dan ortiq rangtasvir va grafik uslubidagi rasmlarni o‘zida jamlagan.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Asarlar 40 nafar taniqli rassom, jumladan Aleksandr Volkov, Solomon Nikritin, Aleksandr Shevchenko, Kliment Redko kabi ijodkorlar tomonidan yaratilgan.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Ko‘rgazmada namoyish etilayotgan suratlarning 80 tasi Nukusdagi muzeydan Moskva viloyatiga keltirilgan, yana 90 taga yaqinini “Yangi Quddus” taqdim etmoqda.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Ko‘rgazma ochilishi doirasida “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan “Yangi Quddus” muzeyi bosh direktori Anna Antipenko rassomlar ko‘proq inson shaxsiga yuzlanganini aytdi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Muzey rahbari fikricha, bu raqamlashgan, sunʼiy ong taʼsiri kuchli bo‘lgan hozirgi zamonda ham juda dolzarb masaladir.

    Anna Antipenko
    Anna Antipenko
    Foto: “Daryo”
    “Biz Nukus muzeyi bilan bir necha yildan beri ishlab kelyapmiz. Bugungi loyiha hamkorlikdagi katta yutug‘imiz bo‘ldi. Loyihani amalga oshirishda O‘zbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi yordamiga tayandik. Buning uchun jamg‘armaga rahmat aytaman. Ko‘rgazma tom maʼnoda muloqot vositasiga aylanyapti. Bu muzeylarimiz, O‘zbekiston va Rossiya, madaniyatlar, XX va XXI asrlar orasidagi muloqotdir”, deydi Anna Antipenko.
    Foto: Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi
    Foto: Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi

    Qoraqalpog‘iston davlat sanʼat muzeyi “Sahrodagi Luvr” nomi bilan dunyoga mashhur. Unga 1966-yil fevralda taniqli rassom, kolleksioner, etnograf va sanʼatshunos Igor Savitskiy asos solgan.

    Foto: Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi
    Foto: Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi

    Ijodkor o‘z davrida Moskvadan Nukusga ko‘chib borib, hayoti va ijodini bir umrga Qoraqalpog‘iston bilan bog‘laydi. Savitskiy sovet davrida ommaga taqdim etish taʼqiqlangan ko‘plab suratlarni saqlab qolgan. “Yangi Quddus”dagi kompozitsiyada o‘sha suratlardan namunalarni ko‘rish mumkin. 

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Madaniy meros agentligi boshqarma boshlig‘i Bobur Sayomovning maʼlumot berishicha, Savitskiy muzeyi rus avangardi asarlari bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi.

    Bobur Sayomov
    Bobur Sayomov
    Foto: “Daryo”
    “Ko‘rgazmaga uch yil tayyorgarlik ko‘rildi. Jarayonda Nukusdan Rossiyaga olib kelingan 80 ta suratning 40 tasi rus, fransuz va mahalliy restavratorlar tomonidan restavratsiya qilindi. Asarlar ikki muzey kolleksiyasiga mansub bo‘lsa-da, umumiy yo‘nalish va g‘oya jihatdan o‘zaro bog‘liq. Mazkur suratlar dunyoga ilk bor yaxlit kompozitsiya shaklida taqdim etilmoqda. Ekspozitsiyada dunyoga mashhur bo‘lgan qator asarlar mavjud. Bunga Aleksandr Volkov chizgan kubizm yo‘nalishidagi suratni misol keltirish mumkin”, dedi mutaxassis.
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Rossiyalik sanʼatshunos, ko‘rgazma kuratori Nadejda Plungyanning aytishicha, ekspozitsiyadagi asarlar shu paytgacha saqlab qolinishi murakkab kechgan.

    Nadejda Plungyan
    Nadejda Plungyan
    Foto: “Daryo”

    Chunki bu turdagi suratlar o‘z davrida sovet ideologiyasiga zid deb topilib, muzeylardan chiqarilgan. Hatto unutilish xavfi ostida qolgan. Keyin Savitskiy mazkur suratlarni yashirin tarzda to‘plagan va saqlab qolgan. Sovet siyosiy tizimi sanʼatni o‘z ideologik maqsadlariga bo‘ysundirishga harakat qilgan.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    “Ekspozitsiyada avangard tugab, 1920-yillar avvalida modernizm davri boshlanganini payqash mumkin. Modernizm — XX asrning eng yirik uslublaridan biri. Uning fransuzcha, nemischa va sovetcha ko‘rinishlari bor. Ko‘rgazma orqali XX asrning ilk davrlari qanday yorqin, murakkab va xilma-xil uslublar bilan kechganini ko‘ramiz. Bu tomoshabinni tarix haqida o‘ylashga undaydi. Chunki o‘tgan asr juda dramatik, chuqur falsafa, badiiy ilhom va sanʼat bilan to‘la davr edi. Kompozitsiyadagi asarlar erkinlikka intilishni ham o‘zida aks ettiradi. Rassomlar qurilayotgan yangi dunyoni, sanoatlashuv, ijtimoiy jarayonlar, yangilanayotgan shahar va qishloqlar hayotini tasvirlashgan. Inqilobiy sahnalar, avtoportretlar va portretlar yaratishgan. Ko‘rgazmada bunday asarlar juda ko‘p”, dedi sanʼatshunos.
    Foto: Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi
    Foto: Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi

    Ekspozitsiya mavzuga oid bo‘limlar ketma-ketligida tuzilgan. Masalan, “Yangi Sharq mo‘yqalam ustalari” bo‘limida Sharq va milliy modernizm (Aleksandr Volkov, Nikolay Karaxan, O‘rol Tansiqboyev va boshqa rassomlar) qiyofasini shakllantiruvchi asarlar taqdim etilgan.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    “Zamon siymolari” bo‘limi davr xronikasi sifatidagi portret va yangi jamiyat qiyofasini o‘rganishga bag‘ishlangan.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    “1920–1930-yillar metafizikasi” bo‘limi Kliment Redko va Solomon Nikritinlarning falsafiy izlanishlariga murojaat etadi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Ijodkorlar insonning zamon va makondagi shiddatli harakatlari, sanoat va tabiat o‘rtasidagi kurash, fazoviy va yer kuchlarining taranglashuvi hamda radioto‘lqinlarning tebranishlarini matoda gavdalantirishga intilgan.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    “Yangi dunyoning kashf etilishi. Rangtasvirchilar ustaxonasi” bo‘limida o‘z asarlarida anʼanaviy rangtasvir uslublarini saqlashga intilgan rassomlar ijodiy ishlari jamlangan.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Bu bo‘limga Aleksandr Shevchenko, Rostislav Barto va Nikolay Viting kabi mo‘yqalam ustalari yaratgan suratlar joylangan. Mazkur asarlarda eski va yangi uslublar uyg‘unlashib, sanʼatning zamon bilan birga rivojlanayotgani aks etgan.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Ko‘rgazma joriy yil 30-mayidan 8-noyabr kunigacha davom etadi.

    Foto: Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi
    Foto: Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi

    Maʼlumot uchun, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekiston madaniy merosini asrab-avaylash, targ‘ib qilish va qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi. Jamg‘arma 2024-yil aprelda Toshkent shahridagi IV butunjahon kreativ iqtisodiyot anjumanini o‘tkazgan. Joriy yil aprelida esa Nukus shahrida birinchi Orol madaniyati sammitini tashkil etdi.

    Ayni paytda jamg‘arma O‘zbekistonning aprel oyidan oktyabrgacha davom etadigan Yaponiyadagi “Expo–2025” ko‘rgazmasida qatnashmoqda. Toshkentdagi Zamonaviy sanʼat markazini qayta taʼmirlash, Tadao Ando tomonidan loyihalashtirilgan yangi sanʼat muzeyini qurish va knyaz Romanov qarorgohini restavratsiya qilish ishlariga boshchilik qilmoqda.

    31 may, 20:55   Izoh (0)   3067
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #ko‘rgazma

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda IV Butunjahon Kreativ iqtisodiyot anjumani o‘tkazildi

    02.10.2024, 21:36

    Saida Mirziyoyeva Qozog‘istonda O‘rol Tansiqboyev retrospektiv ko‘rgazmasi ochilishida qatnashdi

    19 mart, 12:53

    Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan birga Abilxon Kasteyev nomidagi milliy sanʼat muzeyiga tashrif buyurdi (foto)

    29 mart, 20:43

    Parijda “Zamonlar osha nigoh: Xudoybergan Devonov merosi” ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda

    2 aprel, 16:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiya bosh vaziri va BMT bosh kotibi Nagasaki bo‘yicha nutqda AQSHni tilga olmadi

    Dunyo | 9 avgust, 13:15

    Meta 24 yoshli sun’iy intellekt mutaxassisiga 250 mln dollarlik maosh taklif qildi

    Layfstayl | 9 avgust, 12:45

    Hamzat Chimayev: “Agar men Olimpiya chempioniga qarshi chiqadigan bo‘lsam, u meni yanchib tashlaydi”

    Sport | 9 avgust, 12:35

    O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli mashinalar soni 4,6 mln dan oshdi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 12:20

    Norvegiyada besh kun oziq-ovqatsiz muzlikda qolib ketgan amerikalik eko-jurnalist qutqarildi

    Dunyo | 9 avgust, 11:55

    O‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov ehtimoliy raqibi kim bo‘lishini aytdi

    Sport | 9 avgust, 11:25

    Grenada Buyuk Britaniya qiroliga sodiqlik qasamyodidan voz kechdi

    Dunyo | 9 avgust, 11:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.