Mehmonxonalar qulaylik, mazali taomlar, oppoq choyshablar va boshqa joyda his qilib bo‘lmaydigan o‘ziga xos hid bilan yodimizda qoladi. Ko‘pgina uy egalari xushbo‘y hiddan mehmonlarni kutib olishning bir qismi sifatida foydalanadi. U esda qolarli, yoqimli, shu bilan birga ta’sirchan bo‘lmasligi kerak. Biz mehmonxonalar nima uchun yoqimli hid taratishini va uyda bunday hidni hosil qilish mumkinligini aniqladik.

Nima uchun xushbo‘y hid marketing usuli hisoblanadi?
2019-yilda Britaniyaning Ambius xonalarni xushbo‘ylantirish kompaniyasi mehmonlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. Ishtirokchilarning 91 foizi yoqimli hidlar ularning mehmonxonadagi taassurotlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini, 67 foizi esa mehmonxona iforini bo‘shashtiruvchi deb atashgan. Gap shundaki, miyaning hidni idrok etish uchun mas’ul bo‘lgan qismi ham his-tuyg‘ularni qayta ishlaydi va assotsiatsiyalarni shakllantiradi. Xushbo‘y hid nostalgiya, qulaylik haqidagi xotiralarni uyg‘otadi, qayta-qayta qaytgingiz keladigan joyga bog‘laydi.
Mehmonxonalarning hidi qanday?
Mehmonxona iforini aniq tasvirlashning iloji yo‘q, chunki mutaxassislar bir nechta parfyumeriya turlarining aralashmalaridan foydalanadi. Ular bir-birini to‘ldiradi va bo‘shliqqa singib ketgandek yaxlit hid hosil qiladi. Aksariyat mehmonxonalar vanil, jasmin, lavanda, oq va qora choy akkordlari bilan sitrusli, anbarli, yog‘ochli va o‘tli notalardan foydalanadi. Air Aroma (AQSHning xushbo‘y hidlar marketingi agentligi) bosh direktori Harper’s Bazaar jurnaliga bergan intervyusida shunday dedi: “Asosiysi, kuchli his qilinmaydigan muvozanatli aralashmaga erishishdir. Xushbo‘y hidlar, musaffo, unchalik shirin bo‘lmagan yoki gul iforli bo‘lishi kerak”.
Mehmonxonalarda xushbo‘ylik qanday saqlanadi?

Albatta, ulkan mehmonxonada iforni yaratish va saqlab qolish qiyin. Shuning uchun mehmonxonalarda maydonga yoqimli hidni maksimal darajada singdirish uchun barcha choralar ko‘riladi:
Diffuzorlar. Mehmonxonalarda hid tarqatuvchi ultratovushli diffuzorlar ishlatiladi. Ular bir necha joyda turadi va havoda iforni yangilaydi. Masalan, vanil, mushk va sut hidiga ega Lait de Coton, Euthalia Fragrances diffuzori paxta, gullash va tozalikni eslatadi. Shuning uchun u xonaning hidini yangi va musaffo qiladi.
Xushbo‘ylantirish tizimi. Xushbo‘ylantirgichlar mehmonxonaning isitish, ventilyatsiya va konditsioner tizimlari bilan bevosita bog‘liq, shuning uchun ular butun maydon bo‘ylab bir tekis taqsimlanadi.
Xushbo‘y hidli mahsulotlar. Mehmonxonalar uchun noyob xushbo‘ylar hidli mahsulotlar yaratilmoqda. Bu xushbo‘ylantirgich nafaqat xonalarda, balki parvarish vositalarida ham qo‘llaniladi: dush gellari, shampunlar, sovunlar va hatto kir yuvish gellari uchun ham ishlatiladi.
Spreylar. Odatda xonalar uchun spreylar ishlatiladi. Tozalashdan so‘ng ular butun xona bo‘ylab purkaladi. Biroq bu usul har doim ham qulay emas, chunki sprey tezroq bug‘lanib ketadi.
Uyda mehmonxona iforini qanday yaratish mumkin?
Tozalikka rioya qiling. Tozalik — muvaffaqiyat garovi. Toza choyshablar, pardalar, gilamlar xonaning hidini o‘zgartiradi va uni yoqimli qiladi.
Neytral hidlardan foydalaning. Mehmonxonalarda qanday notalar ishlatilishini aytib o‘tdik. Neytral hidga ega bo‘lgan diffuzorlar va xushbo‘y moddalarni tanlashga harakat qiling: sandal daraxti, pachuli, lavanda yoki agava.
Shamlarni yoqing. Katta mehmonxonalarda yoqilgan shamlarning hidi deyarli sezilmaydi, ammo ular kvartiraga juda mos keladi.
Havo namlagichga moy qo‘shing. Shunday qilib, bug‘ bilan birga yoqimli hid ajralib chiqadi va u havoda uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Parfyum va spreylardan foydalaning. Sizning iforingiz xonadonning hidi bilan bevosita bog‘liq. Mehmonxona notalari bilan atir suvidan foydalaning. Aynan shundaylarini quyida to‘pladik.



Izoh (0)