• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Ta’lim Toshkent sh.

    “Dolzarb 90 kun”: o‘quvchilarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etiladi

    O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Loyiha doirasida 1-iyundan 30-avgustgacha maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib boriladi.

    Foto: youdrop.ru

    Ta’lim, ijod, sport va sog‘lom turmush sari yo‘l

    Toshkent shahridagi 326 ta umumta’lim maktabida o‘tkazilgan so‘rovnomada 494 208 o‘quvchidan 169 551 nafari yoz mavsumidagi turli tadbir va oromgohlarga jalb etilishi rejalashtirilgan.

    Jumladan:
     • 21 ta statsionar oromgohda 31 000 dan ortiq o‘quvchi dam oladi;
     • 100 ta maktabda “kunduzgi oromgoh”lar tashkil etilib, ularda 50 mingdan ziyod o‘quvchi 12 kunlik mavsumlarda qatnashadi;
     • IT, robototexnika, oshpazlik, chet tili, kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha 15 000 dan ortiq o‘quvchi maxsus kurslarga jalb qilinadi;
     • 207 ta sport maydonchasida sport sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari va musobaqalari tashkil etilib, 41 400 o‘quvchi qamrab olinadi.

    2025-yil 29-may kuni Toshkent shahrida o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan press-tur tashkil etildi. Tadbir doirasida jurnalistlar, blogerlar va ommaviy axborot vositalari vakillari uchta muhim maskanda bo‘ldi.

    1-manzil, Chilonzor tumanidagi 202-sonli maktabda yozgi mavsum tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi va bolalarning yozgi ta’tili uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi. 

    Foto: Bolalarolami.uz

    Har bir oromgoh ishtirokchisi bir martalik issiq nonushta bilan ta’minlanadi. Gigiyena, xavfsizlik va infratuzilma holati tuman hokimliklari hamda mutasaddi xodimlar tomonidan doimiy nazorat qilinadi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Dolzarb 90 kun” loyihasi pedagoglar uchun juda muhim tashabbus bo‘ldi. Bolalar to‘qqiz oy davomida maktabda tahsil olib charchagan bo‘lishadi, shu bois yozgi ta’til kunlarini mazmunli, maroqli va sog‘lom o‘tkazishlari muhim. Toshkent shahridagi 100 ta maktabda kunduzgi oromgohlar tashkil etilgan. Shuningdek, har bir maktabda sog‘lomlashtirish maydonchalari, to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Oromgohlar soat 8:00 dan 12:00 gacha ishlaydi, bu davr mobaynida bolalar bir martalik issiq nonushta bilan ta’minlanadi. Bu ishlarning barchasida tuman hokimliklari ko‘mak bermoqda, deydi Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i.

    O‘tkazilgan seminar chog‘ida to‘garaklar uchun mo‘ljallangan xonalar, oshxona va sanitariya sharoitlari bilan tanishildi. Mazkur maskan loyihani amalga oshirish uchun zaruriy moddiy-texnik baza bilan ta’minlangan. Xonalar kompyuter va interaktiv doskalar va bolalar uchun foydali bo‘lgan buyumlar bilan to‘ldirilgan. 

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Iyun oyidan boshlanadigan yozgi oromgohda 100 nafar bola uchun mo‘ljallangan to‘garak xonalari birma-bir ko‘rib chiqildi.

    Yozgi ta’tilni samarali tashkil etish bo‘yicha berilgan topshiriqlarning asosiy maqsadi — ota-onalar ishda bo‘lgan paytda bolalarning vaqtini uyda bekor o‘tkazishining oldini olishdir. Shu sababli har bir maktabda kunduzgi oromgohlar tashkil etilib, ularda sport, rassomchilik, shaxmat, shashka kabi sakkizga yaqin yo‘nalishda to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilandi. Shuningdek, yoshlar orasida yo‘l harakati xavfsizligi masalasi ham dolzarb hisoblanadi. Hozirgi kunda yoshlar ijaraga avtomobil olib, ba’zida avariyalarga sabab bo‘layotgani, buning oqibatida achinarli o‘lim holatlari yuz berayotgani sababli, ichki ishlar organlari yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha maxsus xodimlarni jalb qilmoqda, deydi Alisher Hatamov.
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Poytaxtdagi 100 ta maktabda 5 mavsumga mo‘ljallangan  bepul “Kunduzgi oromgoh”lar ishga tushmoqda. Har bir mavsum 12 kundan, kunlik ish vaqti esa 08:00 dan 12:00 gacha etib belgilangan.  50 mingdan ortiq o‘quvchi mazkur oromgohlarda qamrab olinadi.

    Foto: “Daryo”

    Madaniy-ma’rifiy muhit — har bir tumanda

    Press turning 2-manzili Uchtepa tumani Zulfiyaxonim nomidagi 14-sonli madaniyat markazi bo‘ldi.

    Raqs, estrada xonandaligi, aktyorlik, tasviriy san’at, cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha bolalar va yoshlar uchun ko‘plab darslar tashkil qilinadi. “Ochiq eshiklar kuni”, “Nafosat malikasi”, “Sog‘lom oila — yangi O‘zbekiston tayanchi” kabi loyihalar bilan madaniy va ma’naviy muhit mustahkamlanadi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    “Dolzarb 90 kun” davomida har kuni soat 19:00 dan 22:00 gacha “Navro‘z bog‘i”da, shuningdek, har bir tuman madaniyat va istirohat bog‘larida, madaniyat markazlarida konsert dasturlari, mahorat saboqlari, ko‘rgazmalar va ijodiy to‘garaklar o‘tkaziladi.

    Foto: “Daryo”

    Sport orqali sog‘lom avlod sari

    OAV xodimlari navbatdagi manzil — Uchtepa tumani 2-son sport maktabiga bordi. Poytaxtimizda shu kabi 23 ta sport maktablari bor. Ularning barchasi yozgi oromgoh ishtirokchilariga o‘z eshiklarini ochadi. Shuningdek, 500 nafardan ortiq malakali sport murabbiylari bolalar bilan ishlashga jalb etiladi. 

    Qolaversa, yozgi oromgoh ishtirokchilari 21 ta suzish havzalarida bepul shug‘ullanishlari ham mumkin bo‘ladi. 

    Foto: “Daryo”

    Futbol, voleybol, milliy kurash, yengil atletika, suzish, shaxmat kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar, “Yangi O‘zbekiston olimpiyachilari”, “Besh tashabbus olimpiadasi”, “5 ming qadam yurish marafonlari” kabi tashabbuslar orqali 490 mingga yaqin yosh sport faoliyatiga jalb qilinadi.

    “Dolzarb 90 kun” dasturi yozgi ta’tilni nafaqat dam olish, balki o‘quvchi-yoshlar uchun o‘sish, o‘rganish, rivojlanish va yangi imkoniyatlar sari yo‘l sifatida qaralayotganini ko‘rsatmoqda. Mazkur tashabbus kelajak avlodning sog‘lom, bilimli va faol bo‘lib ulg‘ayishi uchun muhim zamin yaratadi.

    29 may, 17:45   Izoh (0)   23861
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Maktab#ta’lim#oromgoh#o‘quvchi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.