Misrda yo‘lbars tomoshabinlar ko‘z o‘ngida sirk ijrochisiga tashlanib, uning qo‘lini uzib oldi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Hodisa 1-aprel kuni Tanta shahridagi sirk namoyishi paytida yuz bergan. Yo‘lbars metall panjaralar orasidan o‘tkazilgan sirk xodimining qo‘lini vahshiylarcha g‘ajigan. Jabrlanuvchining hamkasblari yo‘lbarsni uzoqlashtirishga harakat qilgan. Tomoshabinlar yuz bergan hodisa oqibatida vahimaga tushgan.
Ta’kidlanishicha, jarohatlangan erkak shoshilinch ravishda shifoxonaga olib ketilgan. U to‘rt soatlik jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan, jarrohlar uning qo‘lini asrab qolishga uringan. Ammo jarohatlar juda og‘irligi sababli shifokorlar qo‘lni kesishga qaror qilgan.
Yo‘lbars sirkdagi namoyishlardan chetlatilgan va Qohiraga qayta tayyorgarlikdan o‘tish uchun yuborilgan. Hujum ortidan mahalliy prokurorlar hududdagi barcha sirklarga faoliyatini to‘xtatishni buyurgan. Shuningdek, ular yaqin atrofdagi sirklardagi barcha hayvonlarning holatini o‘rganish uchun inspektorlar yuborilishini aytgan.
Izoh (0)