Daryo

Rossiyadagi YTHda uch nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Yana uch nafari kasalxonaga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish11 021 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyaning Perm o‘lkasi Osa tumanida sodir bo‘lgan YTHda uch nafar o‘zbekistonlik vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Foto: Perm o‘lkasi davlat transport inspeksiyasi videosidan kadr

Ma’lum qilinishicha, hodisa 22-fevral kuni kuni soat 06:00 larda O‘zbekiston davlat raqamiga ega Lada Largus avtomobili va “Simaz” avtobusi ishtirokida sodir bo‘lgan. Avtomobilda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Oqibatda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi — E.F. va J.A. voqea joyida, O.A. esa og‘ir jarohatlar sababli kasalxonada vafot etgan.

Yana uch nafar o‘zbekistonlik — S.B., R.M.va K.F. turli xil tan jarohatlari bilan Perm o‘lkasining Osa markaziy tuman shifoxonasiga joylashtirilgan va hozirda tibbiy muolajalar olmoqda.

Foto: Perm o‘lkasi davlat transport inspeksiyasi videosidan kadr

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan holat nazoratga olingan bo‘lib, vafot etgan fuqarolar jasadlarini vatanga tezkor ravishda qaytarish ishlari yakunlangan. Jabrlanganlarga esa tibbiy muolaja ko‘rsatib kelinmoqda.

Rossiyada avtohalokatga uchragan o‘zbekistonliklar

2024-yil yanvarida Rossiyaning Penza viloyatida yo‘l-transport hodisasi oqibatida sakkiz nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgandi. JAC rusumli mikroavtobus qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketishi oqibatida Volvo yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Qurbonlarning jasadi Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida Urganch shahriga olib kelingan.

2024-yilning sentyabrida Rossiyaning Nijegorod viloyatida sodir bo‘lgan YTHda yetti nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgandi. O‘sha oyda  Tyumen—Xanti-Mansiysk avtomobil yo‘lida Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan 55 yoshli O‘zbekiston fuqarosi YTHga uchrab, vafot etgandi. Tataristonda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida o‘zbekistonlik yigit og‘ir tan jarohati olgandi.

2024-yil noyabrida yana Penza viloyatida sodir bo‘lgan avtohalokdatda ikki nafar o‘zbekistonlik vafot etdi. YTH yuk mashinasi va Cobalt avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan.

2024-yil dekabrida Rossiyaning Ulyanovsk viloyatidagi avtohalokatda 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgandi. O‘zbekistonliklar bo‘lgan Cobalt boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan va  “MAZ” yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar