Daryo

Rossiyada 4 nafar o‘zbekistonlik YTH oqibatida halok bo‘lgani aytilmoqda (video)

Hodisa Amur viloyati Shimanovskiy tumanida yuz bergan. Haydovchi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, benzin tashuvchi avtomobil bilan to‘qnashgan.

1 daqiqa o‘qish5 581 ko‘rishlar0 izoh4

Rossiyaning Amur viloyati Shimanovskiy tumanida 16-fevral kuni 4 nafar o‘zbekistonlik ishtirokida halokatli yo‘l transport hodisasi yuz bergani aytilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa mahalliy vaqt bilan 13:30 atrofida Amur yo‘lining 1324-kilometrida ro‘y bergan. Voqeada Toyota Harrier haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, benzin tashuvchi avtomobil bilan to‘qnashgan. Oqibatda Toyota avtomobili haydovchisi va uch nafar yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, qurbonlar Samarqandning Kattaqo‘rg‘on shahridan bo‘lgan. Ular Rossiyaning Vladivostok shahriga qarab yo‘lga chiqqan edi. Hozirda voqea joyida politsiya xodimlari izlanish olib bormoqda hamda tafsilotlar aniqlanmoqda.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar