Qatarda sodir bo‘lgan YTH oqibatida o‘zbekistonlik 11 yoshli bola halok bo‘ldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida tug‘ilgan 11 yoshli M.A. Qatardagi safari davomida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtotransport vositasi boshqaruvi yo‘qotilishi tufayli bosh qismidan olgan tan jarohatlari sababli hodisa joyida vafot etgan.
Bu haqida ma’lumot kelib tushishi bilan diplomatik vakolatxona tomonidan Qatarning tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda uning dafn marosimini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
“Mintaqada yuzaga kelgan mavjud vaziyat hamda transport-logistika bilan bog‘liq cheklovlar inobatga olingan holda, marhumning jasadi oilasining roziligi bilan barcha milliy va diniy an’analarga muvofiq ravishda Qatarda dafn etildi”, deyiladi xabarda.
Fevral oyining boshlarida Nyu Yorkda 11 yoshli o‘zbekistonlik qiz YTH oqibatida halok bo‘lgandi. U chorrahani piyodalar yo‘lagidan kesib o‘tayotganida maktab avtobusi urib yuborgan.








