Daryo

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak piyodani urib yubordi 

Jabrlanuvchi olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida halok bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish16 841 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyaning Leningrad viloyatida 28 yoshli o‘zbekistonlik erkak mashinasida piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Illyustrativ foto: globallookpress

Hodisa 11-oktyabr kuni tunda Mini – Novinka avtomobil yo‘lining 1-kilometrida yuz bergan. O‘zbekiston fuqarosi Chevrolet Cruze avtomobilida yo‘lning qatnov qismida 50 yoshli erkakni belgilangan piyodalar o‘tish joyidan tashqarida urib yuborgan. Piyoda qoramtir rangli kiyimda, nur qaytaruvchi elementlarsiz bo‘lgan. U olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.

Marhum muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxs ekani aniqlangan. Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, avariyadan oldin piyoda qatnov qismining o‘rtasida bo‘lgan va uzoqdan ko‘rinmagan. Hodisa tafsilotlari politsiya tomonidan o‘rganilmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar