Daryo

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak piyodani bosib ketdi

Jabrlanuvchi olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida halok bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish10 140 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyaning Leningrad viloyatida 48 yoshli o‘zbekistonlik erkak mashinasida piyodani bosib ketdi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Foto: news.ru

Hodisa 27-oktyabr kuni Volxov tumani “Podyezd Novaya Ladoga” avtoyo‘lining yoritilmagan qismida sodir bo‘lgan. O‘zbekiston fuqarosi mahalliy vaqt bilan soat 21:15 da Daewoo Matiz avtomobilida 37 yoshli erkakni urib yuborgan. Jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Leningradda O‘zbekiston fuqarosi ishtirokidagi shu kabi holat 11-oktyabr kuni ham sodir bo‘lgandi. O‘shanda 28 yoshli o‘zbekistonlik Chevrolet Cruze avtomobilida yo‘lning qatnov qismida 50 yoshli erkakni belgilangan piyodalar o‘tish joyidan tashqarida urib yuborgan. Hodisa tafsilotlari politsiya tomonidan o‘rganilmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar