Hujumchi Eldor Shomurodov “Roma”ning fevral oyidagi “eng yaxshi futbolchisi” sovrinini qo‘lga kiritdi. Bu haqida rimliklar klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur sovrin uchun o‘zbekistonlik futbolchidan tashqari Paulo Dibala, Anxelinyo, Mattias Sule va Zeki Chelik da’vogarlik qilishdi. Ovoz berish yakuniga ko‘ra, Shomurodov mazkur sovringa munosib deb ko‘rildi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor fevral oyida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol va 2 assist muallifiga aylandi.
Izoh (0)