Bu aktyor buyuk, lekin juda g‘alati odam edi. Uning g‘alati tomoni shunda ediki, u ekranda qanday bo‘lsa, hayotda ham shundayligicha qolaverardi.
Fransuzlar aktyorning kelib chiqishi ispan ekaniga mutlaqo e’tibor bermay, uni millatning faxri deb bilishgan. Jizzaki, janjalkash, kekchi bu kichkina odam suratga olish maydonchasida girdobdek u yoqdan-bu yog‘ga yurar, oldidan chiqgan har bir kishini bir og‘iz achchiq so‘z bilan chertib tushirishga urinardi. Shu bilan birga u hammaga beixtiyor aftini bujmaytiradigan boladek doim yuzini burishtirardi. Ha, bu buyuk Lui de Fyunes edi - orkestr-odam, komissar Jyuv, jandarm va boshqa yorqin komediya obrazlari, biz ularni ko‘rganda chin ko‘ngildan kulardik va har safar uning ekrandagi yangi qiyofasini bilan kutardik.
Lui de Funes 1914-yil 31-iyulda Fransiyaning kichik Kurbevua shahrida tug‘ilgan. Bolaligidayoq u kattalarni shunday ustalik bilan parodiya qilar ediki, hamma hayratda qolardi. Keyinchalik dunyo kinosining bo‘lajak yulduzi doimo xursandchilik va kulgi bilan birga bo‘lgan.
Shuni ta’kidlash kerakki, shon-shuhratga yo‘l atirgullar bilan o‘ralmagan (Lui de Funes gullarni yaxshi ko‘rar va mohir bog‘bon sifatida mashhur edi). Yaltiroq ko‘zli, yuz ifodasi juda harakatchan, tepakal pakana odam shaxsiy fojialari orqali ezgu maqsad sari qadam tashlardi.
Ulardan biri uning otasi bilan bog‘liq bo‘lib, u oilaning pullarini olib, Venesuelaga qochib ketgan va o‘z o‘limini soxtalashtirgan. U yerda u eskisini butunlay unutib yangi oila quradi. Lui otasining bu qilmishidan darrov xabar topmagan, lekin qashshoqlik va yo‘qchilik taqdiri uning boshiga tushgan edi.
U boshdan kechirgan voqea ta’sirida bo‘lsa kerak, buyuk aktyor nihoyatda ziqna va tejamkor bo‘lib qoladi. U bozor sotuvchisi bilan soatlab savdolashib, uni jazavaga tushishiga ham sababchi bo‘lardi.
Uning tejamkorligi va zolimona fe’l-atvori oilani qo‘rquvda ushlab turardi va uning roziligisiz qilingan har qanday xarid katta janjal bilan tugardi. Biroq har yili Rojdestvo bayramida Lui de Fyunes o‘zining katta gonorarlarini mehribonlik uyidagi bolalarga sovg‘a uchun sarflardi. Uning noaniqligi va injiqligi, aftidan, har doim shaxsiy ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘lgan. Buyuk komediyachi jahon kinematografiyasida yulduzlik cho‘qqilariga ko‘tarilgunga qadar juda ko‘p turli lavozimlarda ishlagan!
Temirchi, vitrinalarni bezovchi, poyabzal tozalovchi bo‘lib, u qayerda paydo bo‘lmasin, Luidan tezroq qutulishga harakat qilishardi. Chunki u yoki bu lavozimda qisqa muddat ishlaganidan keyin hamisha, obrazli qilib aytganda, to‘liq vayronagarchilik yuz berardi. Lui xayrlasha turib biror shumlik yoki sho‘xlik qilib qo‘ymasligi mumkin emasdi.
Baxtga qarshi, onasi tufayli u pianino chalishni juda yaxshi o‘rganib oldi. Restoranda pianinochi bo‘lib ishladi, aytaylik, serdaromad kasb. Lekin odamlar bu yerga Lui de Fyunesning mohirona chalgan kuyi uchun to‘planishmasdi. Klavishlarni taqillatib turgan Lui beixtiyor shunday aftini burishtirardiki, yig‘ilganlar beixtiyor miriqib kulardi. O‘zining xatti-harakati bilan u hatto hayotida birinchi to‘yni buzishga ham ulgurgandi.
Kelinning qarindoshlari kuyovning masxarabozligidan norozi bo‘lishdi. Agar birinchi nikoh muvaffaqiyatsiz bo‘lsa va uzoq davom etmasa, ikkinchisini Jan Bartolomey de Mopassan bilan oxirgisi deb atash mumkin.
40 yillik oilaviy hayot Luiga tinim va vazminlik baxsh etadi, u o‘zining shiddatli va tinib-tinchimaydigan fe’l-atvoridan bir amallab qutulish uchun doimo ana shunday vazminlik va ostoyishtalikka muhtoj edi. U Jan-Marega o‘xshab chiroyli bo‘lmasa-da, ayollar borasida omadli edi.Uning boshqa erkaklarda bo‘lmagan o‘ziga xos jozibasi bor edi. Lui de Funes 55 yoshida fransuz radiosi boshlovchisi Macha Berangerni telbalarcha sevib qoladi. Undan ikki baravar yosh otashin qizil sochli qiz ham uni sevib qoldi. Bu ehtirosli munosabatlar haqida butun mamlakat bilar edi.
Albatta, Janna mashhur erining ishqiy sarguzashtlaridan xabardor edi. Lekin qiz uni juda yaxshi ko‘rar va keraksiz janjallar bilan unga ozor bermaslik va azob bermaslikka qaror qilgandi. Bu vaqtga kelib buyuk komediyachi bitta yurak xurujini boshidan kechirgandi. Lui umrining so‘nggi kunlarigacha ikkala ayolga nisbatan his-tuyg‘ulari orasida edi. Kichik, lekin buyuk odamning yana bir katta fojiasi ham, ehtimol, mana shunda bo‘lsa kerak.
Jizzaki va badgumon Lui de Fyunes o‘zining qo‘polligi, janjalkashligi va badfe’lligiga qaramay, nozik, ta’sirchan qalb egasi edi. Uni sevadigan ayollar buni yaxshi tushunardilar. Shunday qilib, Lui de Fyunes hatto umrining so‘nggi yillarida ham ba’zi rejissyorlarning uni aktyor emas, masxaraboz deb aytgan gaplarini kechira olmagan. Qirq yoshdan oshganida ham ko‘nglida alam bilan buning aksini isbotlashga to‘g‘ri keladi.
Dunyo shon-shuhrati Lui de Fyunusga kech, lekin bir umrga keldi. U o‘tgan asrning eng yaxshi komediya aktyorlaridan biri bo‘lib qoladi. Buyuk komik 1983-yil 23-yanvar vafot etdi. Butun Fransiya o‘zining sevimli kichkinagina kulgili kishisi, odamlarni xursand qilish, ularning hayotiga yaxshilik va kulgu olib kirishdek ulkan iste’dodiga ega bo‘lgan aktyorga motam tutdi.
Izoh (0)