• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yangi yil dasturxoniga qancha mablag‘ ajratasiz? Bozorlardagi narx-navo sizni qoniqtiryaptimi?

    2024-yil yakunlanib, 2025-yil kirib kelishiga ham bir necha kunlar qoldi, xolos. Oila davrasida yig‘ilib, bu kechani nishonlashning fayzi o‘zgacha. Har bir oila dasturxonni to‘kin qilishni va bayram oldi bo‘lishiga qaramay, mahsulotlarni cho‘ntak ko‘taradigan narxda xarid qilishni xohlaydi, albatta. “Daryo” ushbu mavzuda yurtdoshlarimizga mikrofon tutdi. Javoblar doimgidek turlicha — ba’zilar bir kechalik dasturxonga 5-6 million so‘m sarflasa, kimdir 500 ming so‘mga yaxshi bozorlik qila olishini aytdi.

    — Hisoblab ko‘rmaganman, ammo o‘rta hisobda 500-600 ming so‘m ketsa kerak. Qazi-qarta, ichimlik va boshqa yeguliklarga undan ham ko‘p ketadi, dedi bir oila boshlig‘i.

    — Bizning oilada ancha mablag‘ sarflanadi — o‘rtacha 3-4 million so‘m, dedi yoshroq uy bekasi.

    — O‘rtacha 4 million sarflaymiz, dedi yoshroq yigit. Jurnalistning bu summa juda ko‘p emasmi, degan savoliga, yo‘q, oilamiz katta, deya javob berdi.

    — Avvalgi yilda 4 million so‘m mablag‘ ketdi, sababi farzandimning tug‘ilgan kuni ham bayramga yaqin bo‘lgani uchun ikkalasini birdan nishonlaymiz.

    — Deyarli hech qancha ketmaydi, sababi bu bayramni nishonlamaymiz. Bolalar uchun ozroq bayram kayfiyatini berishimiz mumkin, lekin atayin dasturxon tuzab, o‘tirmaymiz, dedi boshqa bir yo‘lovchi.

    — 700-800 ming so‘m, balki undan-da ko‘proq ketishi ham mumkin. Bozorlikni men qilmayman, shu sababli aniq qancha mablag‘ sarflanishini ham bilmayman, dedi uy bekasi.

    Bayram oldi bozordagi narx-navo turlicha bo‘ladi — insofli sotuvchi xaridor yo‘qotmaslik uchun mahsulot narxini tushirib savdo qilsa, boshqa birov “Hozir ishlab olmasam, qachon?” degan shior bilan narxni osmonga uchiradi. Ayniqsa, bu holat sitrus meva-cheva, go‘sht va go‘sht mahsulotlari sotuvchilarida ko‘p kuzatiladi. Xo‘sh, bugungi kunda poytaxt bozorlaridagi narx-navo sizni qoniqtiryaptimi?

    — Hozircha narxlar yaxshi, agar bozordagi narx juda oshib ketsa, tarmoqli supermarketlardan xarid qilamiz. Sababi ularda narxlar sun’iy ravishda ko‘tarilmaydi, dedi 30 yoshlar atrofidagi erkak.

    — Qishda, albatta, hamma narsa qimmatlashadi. Oddiy xalq uchun qimmat!, dedi boshqa bir yo‘lovchi.

    — Men ishlab, pul topib ayolimga olib borib beraman, bozordan oziq-ovqatni u xarid qiladi. Shu sababli bozordagi narxlardan unchalik xabarim yo‘q. Hali oylik tushgani yo‘q, tushsa qo‘liga tutqazaman, nima qilsa ham o‘zi biladi (kulib), dedi avtobus haydovchisi.

    — Albatta, bayram arafasida narxlar oshib ketadi. Paytdan foydalanib olmoqchi bo‘lishadimi, bilmadim, dedi yo‘lovchi ayol.

    — Menimcha, Yangi yil bayrami oldi ko‘p joyda “skidka”lar bo‘ladi, bayram yarmarkalari tashkil qilinadi, bu, albatta, yaxshi, dedi uy bekasi.

    — Toshkentda qimmat, bir-bir yarim millionga juda kichik emas-u, o‘rtacha dasturxon qilsa bo‘ladi. Ammo viloyatlarda bu narxga shohona dasturxon tuzash mumkin, dedi namanganlik ayol.

    — Xarid qilayotgan mahsulotingiz narxi ba’zida to‘g‘ri keladi, ba’zan cho‘ntak ko‘tarmaydi. Bayram oldi narxni oshirishadi, so‘ng yana joyiga qaytadi. Bayrammi, bayram emasmi, narx doim bir xil — tushgan holatda bo‘lsa, yaxshi bo‘lardi.

    — Kecha bozor aylandim, limonning kilogrammi 10-12 ming so‘m, xurmolar uch ming so‘m ekan. Hammasi yaxshi, talabga javob beradi, dedi nafaqa yoshidagi otaxon.

    Xo‘sh, siz bayram dasturxoni va xaridlar uchun qancha mablag‘ sarflaysiz? Umuman olganda, bayram oldidan narxlarni oshirish, sizningcha, to‘g‘rimi?

    28.12.2024, 20:34   Izoh (1)   11362
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Yangi yil#narx-navo#bozor#narx su’iy ravishda ko‘tarilishi
    Komila Qalandarova

    Izoh (1)

    Kirish
    1. gulboyevadilfuza2@gmail.com / 31.12.2024, 02:22

      Aksiya chegirmalar bo'lgani yaxshi, lekin bir necha yillar oldin 100 mingga 2 paket bozorlik olinar edi hozir 1yarm kg shokolad yoki pishiriq beradi xolos, pul qadri sinib narx navo oshib ketyabdi, oylik maoshlar ham oshsa yaxshi bo'lardi

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.