Xitoyning yetakchi iqtisodchilaridan biri Chju Xenpen yopiq chatda Xitoy rahbari Si Szinpin boshqaruvini tanqid qilganidan so‘ng g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Nashr manbalariga tayanib xabar berishicha, 54 yoshli Chju Xenpen bahorda Xitoy iqtisodiyotining zaiflashuvi haqida fikrlar bildirgan, shuningdek, Si Szinpin ham o‘limga mahkumligini aytgan. Iqtisodchi bu fikrni Xitoyning WeChat ilovasidagi yopiq guruh chatida qoldirgan.
Holat yuzasidan Xenpenga qarshi jinoiy ish ochilgan, u hibsga olingan va Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi qoshidagi Iqtisodiyot institutidan (Cass) ishdan bo‘shatilgan. Iqtisodchi institutda 20 yildan ortiq ishlagan, shundan 10 yil davomida u direktor o‘rinbosari bo‘lgan.
Xenpen so‘nggi marta omma oldida aprel oyining oxirida ko‘rinish bergan. O‘shanda u keksalarga g‘amxo‘rlik qilishga bag‘ishlangan an’anaviy forumda so‘zga chiqqan.
Iqtisodchi hozir qayerda va u bilan nima sodir bo‘lgani noma’lum. Uning ismi Cass xodimlari ro‘yxatidan g‘oyib bo‘lgan. U ommaviy axborot vositalarining elektron pochta xabarlariga javob bermagan va Pekindagi kvartirasiga borishganida eshikni hech kim ochmagan.
Izoh (0)