Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida 25-sentyabr kuni soat 14:30 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/09/25/7-A2acFd-N.jpg)
Maʼlum qilinishicha, Matiz avtomashinasi va Nexia-3 avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan. To‘qnashuvdan so‘ng Nexia-3 avtomashinasida yong‘in yuzaga kelgan.
YTH natijasida Matiz haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
![](/static/2024/09/25/8-x-_pm6iz.jpg)
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB maʼsul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)