Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston — Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyanni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbari ACWA Power bilan keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatli hamkorlik qilinayotgani, Saudiya Arabistoni sarmoyasini mamlakatga jalb etishda kompaniya muhim o‘rin tutayotganini taʼkidladi.
Energetika, transport, axborot texnologiyalari, sog‘liqni saqlash, issiqlik taʼminoti tarmoqlarini modernizatsiya qilish, qishloq va suv xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni jadallashtirishga kelishib olindi.
Shu bilan davlat rahbari Samarqand shahriga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Izoh (0)