Qrim BMT maqomi bo‘yicha xolis referendum o‘tkazish mandatiga berilishi kerak, deya Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy taklif kiritdi.
“Qrim Rossiya va ayniqsa mamlakat prezidenti Vladimir Putin uchun ramziy, ammo Ukraina uchun strategik ahamiyatga ega. Biz uni BMT mandati ostida, qonuniy rezident kimligini tekshirgandan so‘ng, adolatli referendum tayyorlash missiyasi bilan topshirishimiz mumkin”, deya tushuntirgan Sikorskiy.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mazkur jarayon 20 yilga kechiktirilishi mumkin.
Rossiya Qrimni o‘n yil avval, 2014-yil bahorida, referendum natijalariga ko‘ra anneksiya qilgan edi. Ukraina, AQSH, Xitoy va dunyoning boshqa aksariyat davlatlarida ovoz berish natijalari tan olinmagan. Putin yarimorolning hududiy mansubligi masalasini yopiq deb atagan. 2014-yilda u Qrim Rossiya uchun muqaddas joy ekanini ta’kidlagan hamda hududni “barcha imkoniyatlar bilan” himoya qilishga va’da bergan.
2022-yil avgust oyida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev Qrimni “o‘zi to‘g‘ri deb bilgan har qanday yo‘l bilan” qaytarishga va’da bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu “global qonun va tartibni qayta tiklash bo‘ladi”.
Izoh (0)