• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Mustaqillikning 25 yilligi” konida nega yana texnogen hodisa yuz bergani sababi ochiqlandi

    Boysun tumani, “Ko‘lqamish” MFY hududida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” konida Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.Qo‘ldoshev ishtirokida 17-sentyabr kuni konda yuz bergan texnogen hodisa yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

    Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

    Unda 17-sentyabr kuni soat 16:00 larda Boysun tumanidagi “Kofrun” MFY hududida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” (M-25) koniga qarashli 604-son qudug‘ining yon tarafidan yuqori bosimli vodorod sulfid gazi sizib chiqish holati qayd etilganligi aytildi.

    Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro vafot etgan. 11 nafar fuqaro esa tan jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan. Kechaning o‘zida ularning 10 nafariga uyiga javob berilgan. 

    1-sentyabr kuni soat 15:17 da “M-25” konidagi 604-sonli quduqda burg‘ilash ishlarini olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi natijasida vodorod sulfid gazi chiqishi kuzatilgandi. Ushbu texnogen hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha respublika darajasidagi vazirlik va idoralar mutasaddilaridan iborat tezkor shtab tuzilib, uning nazorati ostida hodisa oqibatlarini rejali bartaraf etish ishlari amalga oshirildi. Natijada 15-sentyabr kuni quduq germetiklangan hamda tabiiy gazning sizib chiqish holati to‘liq so‘ndirilgandi. 

    Ayni paytda bu yerga tegishli tashkilotlar mutaxassislari tomonidan barcha zaruriy ishlar olib borilmoqda. 

    Brifing ishtirokchilarning “Nega bu hodisa yana takrorlandi?” deya bergan savoliga Energetika vaziri J.Mirzamahmudov bu mazkur konning geografik joylashuvi va o‘ziga xos xususiyatlari bilan bevosita bog‘liqligini aytdi. 

    Xususan, “Mustaqillikning 25 yilligi” koni maʼmuriy jihatdan O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati hududida, Boysun shahridan 20 kilometr janubi-sharqda joylashgan.

    Geografik jihatdan hudud tog‘oldi-adir relyefidir. Relyefning mutlaq balandligi dengiz sathidan 1000 metrni tashkil etadi. 

    “M-25” (“Gajak”) koni birinchi marta 1933-yilda geologik tadqiqot yo‘li bilan aniqlangan va 1938-yilda tayyorlangan. 1941-yilda bu yerda birinchi qidiruv qudug‘i burg‘ilangan.

    1974-yilda 5-sonli quduqni sinovdan o‘tkazishda quyi bo‘r qatlamlaridan gazning sanoat oqimlari olingan. Xuddi shu yili tuzilma kon toifasiga kiritilgan.

    Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, kon zaxirasi 40 mlrd m/kubni tashkil etgan. 2006 – 2008-yillarda Malayziyaning “PETRONAS” kompaniyasi tomonidan “O‘zbekneftgaz” MXK bilan imzolangan qo‘shma o‘rganish to‘g‘risidagi bitim doirasida “Gajak” maydonida 3D seysmik qidiruv ishlari olib borildi va bitta quduq sinovdan o‘tkazildi. 

    Kompaniyaning loyihaga kiritgan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalari umumiy miqdori 102 million dollarni tashkil etdi. Kompaniyaning investitsiya siyosatidagi o‘zgarishlar va eng asosiysi, “Gajak” konini o‘zlashtirishning murakkabligi tufayli kompaniya loyihadan chiqdi. 

    “M-25” koni quyidagi toifalarga kiradi: 

    • geologik tuzilishiga ko‘ra – juda murakkab kon-geologik sharoitlar; 

    Murakkab geologik tuzilish ko‘p sonli strukturaviy buzilishlarning mavjudligi, filtratsiya-sig‘im xususiyatlarining katta xilma-xilligi bilan bog‘liq. Bu yerda samarali qazib olish uchun butasimon burg‘ilash usulidan foydalanish talab etiladi. Qiya yo‘nalishdagi quduqlarni qurish 1200 m gacha. 

    • zaxiralarning ajratib olinishi – qiyin ajratib olinadigan zaxiralar; 

    Maʼlumot uchun. GKZda tasdiqlangan boshlang‘ich zaxiralar 108,6 mlrd m/kubni tashkil etadi. Shu bilan birga, qazib olish davrida (30 yil) to‘plangan gaz qazib olinishi kutilmoqda – 81,2 mlrd m/kub va qazib olish koeffitsiyenti – 0,77. 

    Tabiiy gaz tarkibi va qatlamning tavsifi: 

    • yuqori oltingugurtli gaz (oltingugurt miqdori 7 foizgacha);
    • yuqori karbonat angidrid gazi (tarkibida karbonat angidrid gazi 12 foizgacha);
    • kondagi anomal yuqori qatlam bosimi 65 MPa;
    • kesimi bo‘yicha yuqori harorat 150 darajagacha yetadi; 

    Maʼlumot uchun. Muborak hududidagi konlarda oltingugurt (H2S) miqdori – 3,8 foiz, karbonat angidrid gazi (SO2) miqdori 4,61 foizgacha.

    Ustyurt hududidagi konlarda oltingugurt (H2S) miqdori – 0 foiz, karbonat angidrid gazi (CO2) miqdori 1,31 foizgacha. 

    Sho‘rtan hududidagi konlarda oltingugurt (H2S) miqdori – 0,07 foiz, karbonat angidrid gazi (CO2) miqdori 2,9 foizgacha. 

    Gazli hududidagi konlarda oltingugurt (H2S) miqdori – 0,72 foiz, karbonat angidrid gazi (CO2) miqdori 3,1 foizgacha. 

    Ushbu sharoitlar yuqori bosim, harorat, vodorod sulfidga chidamlilikni taʼminlaydigan uskunalar, materiallar, kimyoviy reagentlar, texnologiyalarga alohida talablarni qo‘yadi va uglevodorodli agressiyaga qarshi, burg‘ilash eritmasining yuqori zichliklarida ishlash – 2,30 g/sm kubgacha bo‘ladi. Yorilgan, kuchli (600 m gacha) yuqori qatlam bosimiga ega bo‘lgan kollektor burg‘ilash eritmalarini boshqarishda alohida yondashuvni talab qiladi. Konning murakkab geomexanikasi tufayli burg‘ilash eritmalarining, shu jumladan, uglerod asosli eritmalarning alohida xususiyatlari zarur. 

    Bundan tashqari, maqsadli gorizontlarning qatlam sharoitlari – termobarik sharoitlar va qatlam flyuididagi karbonat angidrid va vodorod sulfid miqdori – yuqori bosim ostida agressiv yuqori haroratli kislotali muhitda ishlay oladigan korroziyaga chidamli CRA (nikel-xrom-molibden) qotishmasidan tayyorlangan qimmatbaho ekspluatatsiya uskunalari va materiallarini moddiy jihatdan bajarish zarurligini belgilaydi. Buni o‘z navbatida loyihaning xalqaro texnik maslahatchilari (Halliburton, Schlumberger, Baker Hughes, Weatherford va boshqalar) tasdiqladilar. 

    Shuningdek, quduqlarni sinash jarayonida nasos-kompressor quvurlarida (NKQ) oltingugurtning cho‘kishi kuzatiladi, ularni bartaraf etish uchun oltingugurt tiqinlarini eritishga qodir bo‘lgan kimyoviy reagentlarni haydash kerak. 

    Hisoblashlar shuni ko‘rsatadiki, gaz tarkibida oltingugurt bo‘lganda 0,7 g/m kub 10 foiz oltingugurt quvurlar yuzasida to‘planadi kuniga 283 ming m/kub quduqda 20 kg atrofida oltingugurt cho‘kadi. Operator tomonidan tajriba-sanoat ishlari olib borildi. Unda turli xil reagentlar sinovdan o‘tkazilib, NQQda oltingugurt tiqinlarini bartaraf etish uchun kimyoviy reagentlarni tanlash bo‘yicha jahon tajribasi o‘rganildi va dastlab “MIRRIKO” (RF) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Atren B-solv eritmasi tanlandi. 

    Quduq stvolida cho‘kindilarga qarshi kurashish uchun konni ishlatish loyihasi (QEE)da quyidagi reja-tadbirlar nazarda tutiladi: 

    kombinatsiyalangan usul bilan (mexanik yoki kimyoviy) oltingugurt cho‘kindilarini olib tashlash quduqlarni bir yilda 30 kunga qo‘shimcha majburiy to‘xtatishga. Quduqda boshqa operatsiyalarni hisobga olgan holda to‘xtashlarning umumiy vaqti yiliga 55 kunni tashkil etishi mumkin. 

    2017-yildan Surhan Gas Chemical Operating Company Operator sifatida “Mustaqillikning 25 yilligi” (“Gajak”) konida va “O‘zbekiston mustaqilligi” investitsiya blokida mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida neft-gaz operatsiyalarini amalga oshirishni boshladi. 

    Geologiya qidiruv ishlari doirasida 160 kvadrat kilometr hududda 3D, 492 pogon kilometr hududda esa 2D uslubida seysmik tadqiqot ishlari amalga oshirildi.

    Jami 23 ta quduqda burg‘ilash, 10 ta quduqda sinov ishlari yakunlangan.

    Hozirgi vaqtda 4 270 nafardan ortiq quruvchilar va 517 ta qurilish texnikasi jalb qilingan.

    18.09.2024, 21:49   Izoh (0)   31639
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Mustaqillikning 25 yilligi” konida zaharli gaz chiqishi to‘xtatildi

    15.09.2024, 21:52

    “Voqea oqibatida ikki nafar shaxs vafot etgan, yana tan jarohati olganlar ham bor” — Boysundagi konda yuz bergan holat yuzasidan axborot berildi

    18.09.2024, 13:52

    Boysundagi gaz konida sodir bo‘lgan yangi avariya oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

    18.09.2024, 16:31

    “Bolam meni Rossiyaga ishlagani ketgan deb biladi” — ozodlikdan mahrum etilgan ona hikoyasi (video) 

    18.09.2024, 21:30

    “U bizga Rossiyaga bosim o‘tkazishni taklif qildi” — Germaniya kanslerining Markaziy Osiyodagi maqsadlari haqida ekspert bilan suhbat 

    18.09.2024, 21:00

    Toshkentda 10 dan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi  

    18.09.2024, 20:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bloomberg: Eron Isroildagi shaxsiy kameralarga ulanib hujumlarini aniqlashtirmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 20:01

    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

    Reklama | 20 iyun, 19:30

    Yangi buklanadigan iPhone 2026-yilda sotuvga chiqadi

    Gadjetlar | 20 iyun, 19:50

    Qozog‘iston politsiyasi tergovda sun’iy intellekt yordamchisini qo‘lladi

    Dunyo | 20 iyun, 19:40

    Jizzax va Buxoroda jami 2,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 19:27

    Luis Enrike “Botafogo”ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

    Sport | 20 iyun, 19:21

    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

    Reklama | 20 iyun, 18:00

    Rossiyada “Senimi, shoshmay tur!” multfilmi asosida to‘liq metrajli film suratga olinadi

    Kino | 20 iyun, 19:20

    Shavkat Mirziyoyev Ko‘kdala tumani maʼmuriy markazidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 20 iyun, 19:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.