• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bolam meni Rossiyaga ishlagani ketgan deb biladi” — ozodlikdan mahrum etilgan ona hikoyasi (video)

    “Nadomat” loyihasining navbatdagi qahramoni asli vodiylik bo‘lib, ayni damda Zangiota tumanidagi 42-sonli manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tamoqda.

    Mahkuma 34 yoshda, u Jinoyat kodeksining 168 va 273-moddalari bilan aybdor deb topilib, olti yil-u yetti oyga ozodlikdan mahrum etilgan.

    U giyohvand moddalarni sotish va firibgarlik jinoyatlarini sodir etgan.

    — Oilada to‘rtinchi qiz farzandman. Dadam rahmatli o‘g‘il bola bo‘lib tug‘ilishimni juda istagan ekan. Ammo biror marta bizga o‘g‘il bola emasligimizdan afsuslanishi haqida aytmagan. Bolaligim juda chiroyli o‘tgan, maktabdagi eng aʼlochi o‘quvchilardan biri edim. 10 yoshimda dadamning yuragi xuruj qilib vafot etdi, ana shundan keyin hayotimiz o‘zgarib ketdi. Onam o‘sha kungacha hech qayerda ishlamasdi, faqatgina katta opam turmushga chiqqan, keyingi opalarimga ham sovchilar kelib turgandim. Ikkinchi opamni turmushga bergandan keyin katta qarz bo‘lib qoldik. Onam Rossiyaga ishlagani ketishga majbur bo‘ldi va men yolg‘iz qolib ketdim. Tarbiyam bilan shug‘ullanadigan odam bo‘lmadi.

    Foto: “Daryo”

    Yuqori sinfda o‘qiyotganimda sinfdoshimga ko‘ngil qo‘ydim. Oila qurishimizga ikkimizning oila aʼzolarimiz ham qarshilik qilishdi. Shunday yo‘l tutdikki, keyinchalik to‘yga rozi bo‘lishlariga majbur qildik.

    Fotihamiz bo‘ldi, u to‘ydan keyin alohida yashashimiz uchun uy sotib olgandi. Men o‘qirdim, u esa rasmiy daromadga ega emasdi. Uyni taʼmirlatish uchun mablag‘ kerak bo‘lganida “Seni tanishlaringning nomiga kredit olaylik, kunlik ishda ishlab tezda uzilaman”, dedi. Gaplariga ishonib uchta tanishimning nomiga kredit rasmiylashtirib oldik. Uch oy to‘ladi, ammo keyin har xil bahonalar qila boshladi. Bu vaqtda onam Rossiyada edi, mahalla noziri chaqirib “Bu haqda onangga aytish kerak”, dedi. Onamga aytmasligi uchun boshqa birovlardan qarz olib berdim, ammo ko‘p o‘tmay ular ham so‘radi. Xullas, “qarz qalpog‘i” yopilmadi va o‘rtada mahalla noziri bilan ham jiddiy kelishmovchilikka borib, to‘yimga 20 kun qolganida qamaldim.

    Eng alam qilgani ahd-paymon qilgan insonim sudga borganda “Menga sudlangan qiz ayollik qilolmaydi”, dedi. Keyinchalik sarpo uchun olingan narsalarni sotib, qarzning bir qismini uzishganini eshitdim. Ammo unda imkoniyat bor edi, hech bo‘lmaganda uyni sotib, bir qismi bilan ham qarzni yopsa bo‘lardi, ammo u bunday qilishni istamadi. 19 yoshimda qamaldim va jazo muddatimni o‘tab chiqqandan keyin unga qo‘ng‘iroq qildim. “Menga boshqa qo‘ng‘iroq qilma, uylanyapman”, degan javobni oldim.

    Foto: “Daryo”

    Undan keyin yaxshi inson bilan oila qurdim, ketma-ket farzandli bo‘ldik. Ammo kutilmaganda kenja farzandim bosh miya bilan bog‘liq kasallikka chalindi. Uni davolatish uchun jinoyat qilishga majbur bo‘ldim. To‘g‘ri, buni qoralarsiz, ammo men ona sifatida shunday qilishga majbur bo‘ldim. Orada otasining oila aʼzolari sabab turmushimiz buzildi, qo‘limda ikkita bola, biri og‘ir kasal.

    Tanishlarimdan biri giyohvand moddani bir manzildan boshqasiga olib borsam, 1000 dollar berishini aytdi. Rozi bo‘ldim, undan keyin odamlardan qarz olib, uni qaytarib berolmadim. Chunki o‘sha vaziyatda ikki yoshli bolamni davolatish uchun har qanday ishga tayyor edim.

    Hozir ko‘p o‘ylayman, bolamni o‘ylabman-u, ammo men ham bir onaning farzandi ekanligimni unutibman. Onam hozir 70 yoshda, har oy meni ko‘rgani keladi. O‘g‘lim uch yoshida qamalgandim, hozir 6 yarim yoshga to‘ldi. Har gal qo‘ng‘iroq qilganida “Rossiyadan qachon qaytasiz? Boshqa u yerlarga ishlagani bormang”, deydi. U qamoqxonada ekanligimni biladi, ammo aytolmaydi. Balki aytishni istamas, or qilar.

    Odamning boshiga ish tushganida yo zalolat yoki hidoyat yo‘liga kirar ekan. Men, afsuski, qiyinchiliklarga osongina taslim bo‘ldim. Giyohvand moddalarni yashirincha tashiyotganda u xuddi mendek qanchadan qancha onalarni farzandidan ajratishi haqida o‘ylab ko‘rmabman. Hozir shu kunlarni eslab ko‘p afsuslanaman, — deydi mahkuma.

    Loyihani YouTube’dagi  “Daryo media” kanalida kuzatib borishingiz mumkin.

    18.09.2024, 21:30   Izoh (0)   8430
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Nadomat” — 56 yoshida norkobiznesga aralashib qolib, 10 yilga ozodlikdan mahrum bo‘lgan ayol qismati (foto, video)

    19.03.2024, 18:45

    Yangiyo‘llik ayol 12 yil birga yashagan erini nega pichoqladi? (video)

    31.08.2024, 16:09

    “Onam ikkimiz qamoqdamiz” — soxta tilla savdosi bilan shug‘ullangan 24 yoshli mahkumaning nadomatlari (video) 

    12.09.2024, 23:05

    “U bizga Rossiyaga bosim o‘tkazishni taklif qildi” — Germaniya kanslerining Markaziy Osiyodagi maqsadlari haqida ekspert bilan suhbat 

    18.09.2024, 21:00

    Toshkentda 10 dan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi  

    18.09.2024, 20:45

    “Toshkent metropoliteni” yo‘lovchilardan manzilga kelgach, poyezddan chiqish uchun imkon qadar tezroq harakat qilishni so‘radi 

    18.09.2024, 20:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.