Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 3-turi doirasida “Arsenal” 31-avgust, shanba kuni “Brayton”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 38-daqiqasida Kay Haverts hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim londonliklarning kichik ustunligi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘lim boshida “kanonirlar” futbolchisi Deklan Rays qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 58-daqiqada esa Pedro hisobni tenglashtirdi.
Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va uchrashuv 1:1 hisobida durang natija bilan yakunlandi.
“Brayton” ushbu durangdan so‘ng 7 ochko bilan musobaqa jadvali yetakchisi bo‘lib turibdi, “Arsenal” esa xuddi shuncha ochko bilan 2-pog‘onaga ko‘tarildi. Bu o‘rinlar kun yakuniga qadar o‘zgarishi mumkin.
APL
3-tur
31-avgust, shanba
“Arsenal” — “Brayton” 1:1
Gollar: 1:0 – 38 Haverts, 1:1 – 58 Joao Pedro.
“Arsenal”: Rayya, Timber (Zinchenko, 80), Gabriel, Saliba, Uayt, Rays, Parti, Edegor (Martinelli, 74), Haverts, Trossard (Kalafori, 59), Saka.
“Brayton”: Verbryuggen, Dank, van Xekke, Veltman (Estupin'yan, 72), Xinshelvud, Baleba, Milner (Ayyari, 17), Mitoma (Adengra, 85), Joao Pedro, Minte (Ryutter, 72), Uelbek (Ensiso, 85).
Ogohlantirishlar: Rays (42), Xyurseler (43), Parti (45+3), Minte (70), Timber (70), Joao Pedro (90+6), Rayya (90+4).
Chetlatish: Rays (49).
Izoh (0)