Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi dori vositalarini narxlarini asossiz oshirish holatlarni aniqlanganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, qo‘mita respublikada faoliyat yuritayotgan dori vositalarini ulgurji va chakana sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan dori vositalarining narxlari bo‘yicha o‘rganishlar olib borganda belgilangan ustamalarni oshirib qo‘llanish holatlari aniqlangan.
Qo‘mitaning Fair tech yagona axborot tizimi orqali kelib tushgan xabarlar bo‘yicha tekshirish o‘tkazilganda 473 ta dorixonada (133 ta ulgurji va 340 ta chakana) huquqbuzarlik holatlari yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi.
Dori vositalarini narxlarini asossiz oshirish natijasida iste’molchilardan 5,4 milliard so‘mga yaqin mablag‘, ya’ni asossiz daromad olingan. Bunday holatlarning eng ko‘pi Toshkent shahridagi dorixonalarda kuzatilgan: 71 ta dorixonada 17 266 ta holatda 1 milliard 911 million so‘m miqdorda asossiz mablag‘ olingan.
O‘rganishlar davomida jami 49 455 ta shunday holat qayd etilgan. Noqonuniy olingan mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinib, ularning huquqlarini tiklash choralari ko‘rildi.
Izoh (0)