O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Ordabasi” klubi hujumchisi Jasur Yaxshiboyev “Shaxtyor”ga (3:2) qarshi o‘yindagi dubli evaziga Qozog‘iston chempionati to‘purarlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda “Sports.kz”.
Hozirda Yaxshiboyev hisobida 7 ta gol mavjud.
To‘purarlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni 6 tadan golga ega Islom Chesnokov (“Tobol”) va Joau Paulo (“Qayrat”) egallab turibdi.
Valeriy Gromiko (“Qayrat”/“Kaysar”), Maksim Samorodov (“Aktobe”) va Idris Umayev (“Aktobe”) beshtadan gol urgan.
Jasur Yaxshiboyev 2022/2023-yilgi mavsumni Namanganning “Navbahor” klubida o‘tkazdi. Hujumchi 24 uchrashuvda maydonga tushdi va hisobiga 6 ta gol yozib qo‘ydi.
Transfermarkt portali futbolchini 500 ming yevroga baholamoqda.
Izoh (0)