Olmaotada o‘tkazilgan Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisi yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev qo‘shma bayonot hamda Oliy davlatlararo kengashning 2024—2034-yillarda strategik sheriklik va ittifoqchilik dasturini tasdiqlash hamda Tashqi ishlar vazirlari kengashini tuzish to‘g‘risidagi qarorlarini imzoladi.
Tashrif doirasida ikki tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini qamrab olgan hujjatlar to‘plami qabul qilindi.
Bular, jumladan:
- Davlat chegarasi rejimi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim;
- Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari va xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimlarga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi bayonnomalar;
- 2024—2025-yillarda madaniy-gumanitar hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo tadbirlar rejasi;
- Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Iqtisodiyot vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish va raqobat siyosati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bayonnomalar;
- O‘zbekiston—Qozog‘iston Ekspertlar kengashini ta’sis etish to‘g‘risida memorandum;
- O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va do‘stlik aloqalari qo‘mitasi va Qozog‘iston Respublikasi Atandastar jamg‘armasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g‘risida bitim;
- 2024—2026-yillarda Toshkent shahar hokimligi va Ostona shahar hokimligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi.
Hujjatlar imzolanishidan lavhalar
Izoh (0)