Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev juftligi ishtirokini yakunladi.
Yengil vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasidagi bellashuvlarda qatnashgan o‘zbekistonlik sportchilar C finalida ishtirok etib, 6:31.33 daqiqa ko‘rsatdi va 3-bo‘lib marraga yetib keldi.
Ushbu natija bilan sportchilar Olimpiadani 15-pog‘onada yakunlaydigan bo‘ldi.
Izoh (0)