“Hizbulloh” kuchlari Tehronda yuz bergan HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya o‘limidan so‘ng Isroilga qarshi kurashni yanada qat’iyroq davom ettirishini ma’lum qildi.
Haniyaning o‘limi uning barcha jabhalardagi jangchilariga kurashni davom ettirish va sionistik dushmanga qarshi kurashish qarorini kuchaytirish uchun yanada qatʼiyat beradi, deyiladi xabarda.
Haniyaning o‘limi haqida Mehr agentligi xabar bergan edi. Ma’lum qilinishicha, Haniyaning Tehrondagi qarorgohiga qilingan hujum oqibatida u va tansoqchilaridan biri halok bo‘lgan.
Qahramon Falastin xalqiga, islom xalqiga, Eronning oliyjanob xalqiga hamdardlik bildirgan holda, bugun ertalab (31-iyul) HAMAS siyosiy byurosi rahbari janob Ismoil Haniya qarorgohida hujumga uchradi va bu voqeadan so‘ng u va uning tansoqchilaridan biri halok bo‘ldi, deyiladi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonotida.
Voqea yuzasidan qo‘shimcha tergov harakatlari olib borilmoqda. HAMAS siyosiy byurosi aʼzosi ar-Rishq Haniyaning o‘limini tasdiqlab, u Isroil tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lganini aytgan.
Izoh (0)