Parij Olimpiadasining dzyudo bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonlik sportchilarning ilk raqiblari bilan tanishing:
Ayollar:
- -48 kg: Halimajon Qurbonova — Aliyeva (Ozarbayjon)
- -52 kg: Diyora Keldiyorova —Abe (Yaponiya)/Deguchi (Kanada) juftligi g‘olibiga qarshi
- -57 kg: Shukurjon Aminova — Dabonne (Kot d’Ivuar)
- -70 kg: Gulnoza Matniyazova —Mun (KXDR)
- -78 kg: Irisxon Qurbonboyeva — Takayama (Yaponiya)
Erkaklar:
- -60 kg: Doston Ro‘ziyev — Xolmatov (Ukraina)
- -66 kg: Sardor Nurillayev — Lima (Braziliya)
- -73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev — Shamshayev (Qozog'iston)
- -81 kg: Sharofiddin Boltaboyev — Sehen (Iroq)
- -90 kg: Davlat Bobonov — Grigoryan (BAA)
- -100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev — Sharhan (Qozog'iston) / Nikiforov (Belgiya) juftligi g‘olibiga qarshi
- +100 kg: Alisher Yusupov — Takayava (Fiji) / Fizel (Slovakiya)
Ma’lumot uchun, Diyora Keldiyorova ilk jangidayoq yaponiyalik Olimpiada va jahon chempioni Uta Abega to‘qnash kelishi mumkin.
Jamoaviy bahslardagi O‘zbekiston terma jamoasining ilk raqibi Kanada terma jamoasi bo‘ladi.
Izoh (0)