• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    Olmazor tumanidagi maktab oshxonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar hokimning oshxonaga aralashuvidan “dod” demoqda

    Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi umumta’lim maktablarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar maktab oshxonasi ishiga tuman hokimining aralashuvidan shikoyat qilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga bildirganlarga ko‘ra, endilikda maktab oshxonalarida rahbariyatga taalluqli tadbirkorlar faoliyat yuritishi mumkin.

    Mohira Jo‘rayeva.
    Foto: “Daryo”
    Yaqinda noma’lum shaxslar maktabimizga kelib, bu maktab oshxonasi bizga o‘tdi, ijaradagi tadbirkor oshxonani bo‘shatib qo‘yishi kerak. Nima olib kirishgan bo‘lsa, olib chiqib ketishsin, deyishibdi, deydi Olmazor tumanidagi 185-maktab oshxonasida faoliyat yurituvchi tadbirkor Mohira Jo‘rayeva. 

    Suhbatdoshga ko‘ra, bu haqda u tuman hokimi bilan ham muloqot qilgan. 

    Maktab rahbariyati bu haqda menga aytgach, o‘sha noma’lum kishilar biror-bir xat-hujjat ko‘rsatishdimi, deb so‘radim. Yo‘q deyishdi. Shu sabab bu gapga ishonmaganim uchun tuman hokimi qabuliga bordim. Hokim bu gapni tasdiqladi. Va tumandagi barcha maktablar bitta firmaga o‘tkazilayotganini bildirdi va keytering asosida ishlanishini aytdi. Shunda bu ovqatlar tekin bo‘ladimi, deb so‘radim. Yo‘q, dedi. Unda biz ham shu ishlarni qilyapmiz-ku, maktab oshxonasiga ancha pul tikkanmiz dedim, deydi hokim qabulida bo‘lgan murojaatchi. 

    Murojaatchining bildirishicha, u besh yil avval maktab oshxonasida ish boshlagan bo‘lib, o‘tgan yillar davomida oshxonani qayta jihozlab, o‘quvchilarga ovqat tayyorlash uchun barcha shart-sharoitni yaratgan. 

    “RayONO” talabi bilan qilgan barcha ishlarimiz va jihozlarni maktab balansiga o‘tkazib berganmiz. Endilikda bu yerdan chiqarib yuborilsak, ishsiz qolamiz. Bundan tashqari, uch nafar ishchim ham bekorchi bo‘lib qoladi. Ularning ham oilasi bor, deydi u. 

    Tumandagi 249-maktab oshxonasida ishlovchi Yorqinoy Saidovaning ma’lumot berishicha, u faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyekti maktab oshxonasini tark etsa, ishsiz qoladi. 

    Yorqinoy Saidova.
    Foto: “Daryo”
    Oilada yagona boquvchiman. Yolg‘iz ona sifatida farzandimni maktab oshxonasida ishlab, o‘zim boqaman. Voyaga yetmagan farzandim shu maktabda o‘qiydi. Shu sabab ishimizni olib qo‘ymasliklarini, ishimizni davom ettirishimizni so‘rayman, deydi Yorqinoy Saidova. 

    Tumandagi 159-maktabda faoliyat yurituvchi “Zokirxo‘ja-Ozodaxon” xususiy korxonasi direktori Shahzoda Abdukarimova ushbu maktabda 2013-yildan beri faoliyat yuritib kelayotganini, o‘tgan yillar davomida maktab oshxonasini tamoman yangilaganini, shu paytga qadar faoliyatidan hech kim norozi bo‘lmaganini aytmoqda. 

    Shahzoda Abdukarimova.
    Foto: “Daryo”
    Maktablarda ovqatlanishni keytering tizimiga o‘tkazish bahonasida oshxonalarni boshqa tadbirkorga berishmoqchi bo‘lishyapti. Biz, to‘g‘risi, bu harakatni umuman tushunmayapmiz. Shu paytga qadar qanday talab qo‘yishsa, qonuniy bajarganmiz. Bu talablarini ham o‘zimiz bajarar edik. Lekin negadir bizni bu yerdan chiqarib yuborishmoqchi, deydi Shahzoda Abdukarimova. 

    Murojaatchi tadbirkorlarga ko‘ra, tumanda 27 ta maktab oshxonasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar hokimning ushbu harakatidan norozi bo‘lmoqda. Faqat bu haqda hokimning shaxsan o‘ziga e’tiroz bildirishga qo‘rqadi. 

    Hokim Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdagi sessiyalarida bu masalani kiritib, deputatlar orqali bizning faoliyatimizga chek qo‘yishni va boshqa tadbirkorni maktab oshxonasiga kiritishni reja qilmoqda, deydi suhbatdoshlar.

    Olmazor tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Abdujamil Karimovning “Daryo”ga bildirishicha, maktab oshxonalaridagi ovqatlanishni keytering tizimiga o‘tkazish tashabbusi tuman hokimidan chiqqani rost. 

    Bu shunchaki yangi tashabbus, hozircha. Bu haqda tumanimiz hokimi Toshkent shahar hokimiga ma’lum qilgan. Men esa shahar boshqarmasiga ma’lumot berdim. Ayni paytda bu haqda o‘ylayapmiz. Tashabbus amalga oshirilgan taqdirda ham, oshxonada savdo qilish huquqi tender orqali amalga oshiriladi. Tender savdosida ayni kungacha ishlab kelgan tadbirkorlar ham qatnashadi. Hech kimni norozi qilish niyatimiz yo‘q, dedi tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’uli. 

    “Daryo” jurnalisti bilan suhbatda bo‘lgan Xalq deputatlari Olmazor tuman kengashi deputati To‘rabek Nazarovning aytishicha, tadbirkorlarning hokim bu ishni deputatlar orqali amalga oshirmoqchi, degan iddaosi noto‘g‘ri.

    Bugungi sessiyada ham, keyingilarida ham bu masala muhokama qilinishi rejalashtirilmagan. Biroq shunday tashabbus bor. Bu amalga oshirilishi uchun biz deputatlar avval o‘rganish olib borib, xulosa beramiz. Shu sabab hozirdan xulosa qilish noto‘g‘ri, dedi deputat. 

    Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri ham ushbu masala sessiyada ko‘tarilayotganini inkor etdi.

    “Daryo” mavzuga qaytadi.

    26.07.2024, 17:54   Izoh (0)   28020
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda 17 yoshli bola Katta Farg‘ona kanalida oqib ketdi 

    26.07.2024, 17:45

    “O‘zbekistonga kirib kelayotgan akkumulyatorlar uchun utilizatsiya yig‘imini joriy qilish kerak” — Jizzax akkumulyator zavodi direktori (video)

    26.07.2024, 17:19

    Nega badavlat oila farzandi 15 yoshda giyohvandlikka berildi? 

    26.07.2024, 17:15

    Toshkentdagi ko‘ngilochar bog‘da rejalashtirilgan “lenta-shou” bekor qilindi

    26.07.2024, 16:48

    Bo‘stonliqda davlat idoralari matbuot kotiblari va axborot xizmatlari rahbarlarining navbatdagi media-forumi boshlandi 

    26.07.2024, 16:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.